Yoqilg'i yoqish usullari.Olovli qutilar turlari
Reja:
1. Yoqilg‘i va uning xossalari 3. Yonish jarayonlarini hisoblash. 4. Yoqilg‘ini yondirishga tayyorlash.
Yoqilg‘i va uning xossalari
Yonganda ko‘p miqdorda issiqlik chiqadigan, tevarak atrofdagilarga zararli ta’sir qilmaydigan, issiqlik olish uchun ishlatilishi maqsadga muvofiq hamda iqtisodiy jixatdan foydali bo‘lgan barcha moddalardan yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin. Elektr, mexanik va issiqlik energiyasini olishni asosiy manbai organik yoqilg‘i hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan energiyaning 70% ni organik yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi hisobidan va faqat 30% gina suv, shamol, quyosh va atom energiyasidan foydalanish hisobidan olinadi. Mamlakatimiz yoqilg‘i sanoati qariyb bir asrlik tarixga ega. Bu sanoat yer qa’rida topilgan va qazib olinayotgan ko‘mir, Neft, tabiiy gaz konlari negizida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Respublikamizda 159 (zaxirasi sanoat darajasida hisoblangan) neft-gaz koni ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro - Xiva geologik provintsiyasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft’, neft, gaz-neft kondensatli turlari mavjud.
Yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika kompleksining asosiy turlarini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg‘ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, Neft maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat.
Mustaqillik yillarida ko‘rilgan keskin tadbirlar natijasida neft qazib olish xajmi yuqori sur’atlarda o‘sdi. Respublikaning neft mustaqilligi ta’minlandi.
Agregat holiga ko‘ra yoqilg‘i qattiq, suyuq va gaz yoqilg‘isiga, kelib chiqishiga yoki olinish usuliga ko‘ra tabiiy va sun’iy yoqilg‘iga bo‘linadi. (
Uglerod yoqilg‘ining asosiy tarkibiy qismidir. 1 kg sof uglerod to‘la yonganda 33900 kJ issiqlik chiqadi. 1 kg vodorod yonganda 125600 kJ issiqlik chiqadi. Yoqilg‘i tarkibiga kiruvchi vodorodning bir qismi yoqilg‘idagi kislorod bilan birikkan bo‘ladi va yonishda ishtirok etmaydi. Yoqilg‘i yonganda oltingugurt sulpfid angidrid SO2 ga aylanadi va suv bug‘lari bilan birikib sulpfid kislota H2SO3 hosil qiladi. Oltingugurtning yonishidan hosil bo‘lgan suyuq va gaz maxsulotlar ichki yonuv dvigatelllari hamda qozon agregatlari metall qismlarining zanglashiga sabab bo‘ladi, havoni va o‘simliklarni zaharlaydi va ularni nobud qiladi, qurilish inshootlarini yemirilishini tezlashtiradi. Oltingugurtning zararli xossalarini eptiborga olib, uni ballast qatoriga kiritish mumkin. Kislorod va azot shartli ravishda yonuvchan massa tarkibiga kiritilgan. Ular ichki ballast hisoblanadi, chunki yonuvchan massaning foiz miqdorini kamaytiradi va yonish sohasini sovitadi. Bundan tashqari yoqilg‘ida kislorod miqdori ko‘p bo‘lsa, u yonish sohasida vodorod bilan birikib, suv hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |