Yo'riqnoma cdr


O‘QUV VA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI DASTURINING TUZILISHI



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə19/38
tarix28.10.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#118738
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Yo\'riqnoma cdr

O‘QUV VA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI DASTURINING TUZILISHI


Amaliyot dasturining tarkibiga quyidagilar kiradi:
Titul varag‘i;
O‘quv amaliyoti dasturining pasporti; Amaliyot natijalari;
Amaliyot mavzular rejasi;
O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tkazishda zarur bo‘ladigan xom ashyo va materiallar miqdori;
amaliyot natijalarini nazorat qilish; Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati Qo‘shimcha hujjatlar (agar talab etilsa).

TITUL VARAG‘I


    1. Titul varag‘ining 1 betida quyidagi maʼlumotlar beriladi:

    • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi nomi;

    • Vazirlik va tashkilot yoki biriktirilgan oliy taʼlim muassasasi nomi;

    • taʼlim muassasasining nomi;

    • amaliyot dasturini tasdiqlanishi to‘g‘risida maʼlumot;

    • amaliyot nomi)

    • taʼlim darajasi;

    • amaliyot nomi;

    • kasb yoki mutaxassislik kodi va nomi;

    • kvalifikatsiya (lar) nomi;

    • o‘quv rejadagi tartib raqami;

    • ajratilgan soat;

    • amaliyot dasturini ishlab chiqish joyi va yili.

    1. Titul varag‘ining 2 betida quyidagilar mavjud:

    • professional taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

    • dastur tuzuvchilarining F.I.Sh. va lavozimi;

    • dastur taqrizchilarining F.I.Sh. va lavozimi;

Mazkur dastur professional taʼlim muassasasi pedagogik kengashida muhokamadan o‘tkaziladi va taʼlim muassasasi direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanib amaliyotga joriy qilinadi.
Amaliyot dasturiga ichki va tashqi taqriz olish talab etiladi. Ichki taqriz professional taʼlim muassasasi pedagoglaridan olinadi. Tashqi taqriz ish beruvchi korxona va tashkilotlardan olinadi.
Taqrizchilarni hududdagi (shahar, viloyat) potensial ish beruvchi korxona, tashkilot, muassasalar va ularning boshqaruv organlarining yetakchi mutaxassislari, kasb yo‘nalishiga mos oliy taʼlim muassasalari kafedralarining tajribali professor-o‘qituvchilaridan olinadi.
Taqrizchi dastur to‘g‘risidagi o‘z fikrini yozma taqdim etadi. Taqrizda dastur mazmunini malaka talablariga hamda fan va ishlab chiqarishning hozirgi zamon
taraqqiyoti va rivojlanish istiqbollariga mosligi qayd etiladi. Shuningdek, mavzularni mashg‘ulot turlari bo‘yicha va mehnat sarfi soatlarda to‘g‘ri taqsimlanganligi, dastur mazmuni va hajmining muqobilligiga baho beriladi. Dasturni kamchiliklari ko‘rsatilib, takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi. Yakunida dasturni o‘quv jarayoniga qo‘llashga tavsiya qilish yoki qilmaslik haqida xulosa qilinadi.
Taqrizchi o‘zining ish joyi, unvoni (professor-o‘qituvchilar qaysi fandan dars berishini) va lavozimini ko‘rsatgan holda imzosi qo‘yiladi. Taqrizchi imzosi, u ishlaydigan tashkilot, korxona, muassasa muhri bilan tasdiqlanishi maqsadga muvofiq.

      1. Yüklə 1,65 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin