Mazkur yo‘riqnoma professional ta’lim tizimida ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, to‘ldirish va o‘zgartirishlar kiritish jarayonlarini hamda mas’ullarni belgilab beradi.
Ishchi o‘quv dasturining maqsadi muayyan fan (modul) doirasida ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashqil etish va boshqarish shart-sharoitlarini yaratish orqali ishchi o‘quv reja va namunaviy o‘quv dasturlarida belgilangan talablarning bajarilishini ta’minlash.
Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim (keyingi o‘rinlarda – Professional ta’lim) tizimida ta’lim muassasalari pedagoglari namunaviy o‘quv reja, malaka talablari va namunaviy fan (modul) dasturlariasosidao‘quvfan(modul)lariningishchio‘quvdasturiishlab chiqadi.
Ishchi o‘quv dastur o‘quv rejadagi o‘quv fan (moduli)ining hajmini, mazmunini, o‘qitish natijalari va ularni amalga oshirish tartibi belgilangan.O‘quv fan (modul)lar bilim, ko‘nikma kompetensiyalar egallashda, to‘liq hajmda bajarilishi shart bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatdir. Ishchi o‘quv dasturi o‘quv fan (moduli) (nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya va boshqa) mavzulari mazmuni, ajratilgan soatlar, o‘qitish natijalari (learning outcomes), o‘qitish natijalarini baholash, bilim, ko‘nikmalar, mashg‘ulotni o‘tkazish joyini belgilab beriladi.
Quyidagilar ishchi o‘quv dasturining asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘quv mashg‘uloti (mavzulari)ning mazmunini yoritib berish;
o‘quv fan (modul) larining o‘qitish natijalarini baholashni belgilash;
o‘quvchida o‘quv fan(modul)ini o‘qitish jarayonida bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishni belgilash;
o‘quv mashg‘uloti (mavzulari)ni o‘tkazish joylarini belgilash;
o‘quv fan (modul)lari uchun foydalaniladigan asbob-uskuna va jihozlarini belgilash.
Ishchi o‘quv dasturining talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
o‘quv fan (modul)ining ishchi o‘quv dasturi ishlab chiqilmaganda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga ruxsat etilmaydi;
ishchi o‘quv dasturining mazmuni ish beruvchining malaka talabida ko‘rsatilgan talablarga mos hamda integratsiyalashgan bo‘lishi;
o‘quvchining bilim va ko‘nikmasi hamda malaka talablarida belgilangan kompetensiyalarga, fan (moduli) dasturlarining o‘zlashtirish natijalariga mos bo‘lishi;
o‘quv soatlarning miqdori (auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim), oraliq attestatsiya shakllari (kredit, yakuniy imtihon) ta’lim muassasasining namunaviy o‘quv dasturining mazmuniga mos ravishda 20% gacha o‘zgartirishga ruxsat etiladi (umumta’lim fanlari bloki bundan mustasno);
ishchi o‘quv dasturida maxsus fanlar o‘rtasida uzviylikni ta’minlash va bo‘limlar, mavzular va savollarning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak;