2.3.4. Malakaviy o‘quv amaliyot davrida amaliyot dasturida belgilangan vazifalarni toʻliq bajarish;
2.3.5. Qabul qiluvchi muassasaning ichki tartib qoidalariga rioya qilish;
2.3.6. Malakaviy o‘quv amaliyot yakunida amaliyot dasturida belgilangan vazifalarni mas’ul kafedraga
oʻrnatilgan tartibda hisobot topshirishi lozim.
3. TOMONLARNING HUQUQLARI
3.1. Universitetning huquqlari:
3.1.1. Ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha ehtiyoj koʻp boʻlgan taqdirda Qabul qiluvchi
muassasalarni tender asosida tanlash;
3.1.2. Amaliyotchi talabaning malakaviy o‘quv amaliyotni oʻtashi va OTMni bitirgandan soʻng ish bilan
taʼminlanishi uchun Qabul qiluvchi muassasaning moddiy-texnik bazasini oʻrganish va shu asosida tegishli
takliflar kiritish;
3.1.3. Qabul qiluvchi muassasadan amaliyotchi talabalarning malakaviy amaliyot jarayoni haqida
ma’lumotlar olish;
3.2. Qabul qiluvchi muassasaning huquqlari:
3.2.1. Universitet oʻquv reja va dasturlari bilan tanishish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan oʻz
takliflarini berish;
3.2.2. Amaliyotchi talabaning Davlat imtihonlarida attestatsiya komissiyasi aʼzosi sifatida qatnashish;
3.2.3. Amaliyotchi talabaning malakaviy o‘quv amaliyoti davrida muassasaga kelmaslik, amaliyot
dasturida belgilangan vazifalarni bajarmaslik va muassasaning ichki tartib qoidalariga amal qilmaslik
holatlari kuzatilganda talabalarning amaliyotini bekor qilish hamda universitetga taqdimnoma kiritish;
Dostları ilə paylaş: