Yoshlar fiziologiyasi va gigienasi



Yüklə 22,17 Kb.
səhifə3/6
tarix25.11.2023
ölçüsü22,17 Kb.
#134137
1   2   3   4   5   6
Yoshlar fiziologiyasi va gigienasi-fayllar.org

3. Xulosa.
Yuzasidan atrofimdagi oilalarni kuzatib, bu borada har kim turlicha firklashining guvohi bo`ldim. hayron qoldirgani, jinsiy tarbiya deganda, aksariyat ota-onalar shaxsiy gigiena qoidalarini tushunishadi, xolos. Aslida esa bolalarning jinsiy tarbiyasi juda nozik masala. Tanlagan mavzumiz ko`lami shu qadar kengki, bolalar ruhiyati bilan birga salomatligiga ham urg`u berib o`tishga to`g`ri keladi. Xo`sh, to`g`ri tarbiya usulini tanlash uchun ota-onalar nimalarga e`tibor berishlari lozim? Asosiy vazifalari nimalardan ibora ?


  • O`G`IL BOLA


TARBIYa YO`RGAKDAN BOShLANADI....
Ahamiyat bergan bo`lsangiz farzand dunyoga kelgach, ayolga bolani qanday emizish va yo`rgaklash tushuntiriladi-yu, jinsiy a`zolari rivojlanishida nimalarga e`tibor berilishi aytilmaydi. Aksariyat hollarda biror muammo yoki nome`yoriy holatni sezishsa ham, beparvolik «biroz ulg`aysin o`tib ketadi» deyishadi. Vaholanki, bola jinsiy tarbiyasini to`g`ri olib borish uchun har bir ota-ona jinsiy a`zolar tuzilishi, rivojlanishi kabilarni ham bilishi kerak.
ILK KO`RIK: MUHIM MAVZU!
Ko`p ota-onalar o`g`il farzandlarining jinsiy a`zolariga ahamiyat berishmaydi. Bir-biriga to`g`ri tushganmi, biror nuqsoni yo`qmi, tuxum joylashuvi me`yoridami... Yo`q, bular o`rniga chillagurazongami, yig`ingami oshiqishadi. Shifokorlar o`g`il bolaning chillasi chiqqach, bolalar andrologiga olib borishni tavsiya etishadi. hatto hech qanday bezovtalik bo`lmasa ham. Agar bolaning jinsiy a`zosida biror bir nome`yoriy holat aniqlansa, 2 yoshgacha kerakli muolajalar bajarilsa, keyinchalik muammolardan holi bo`ladi.
NEChA YoShDA QANDAY?
Jinsiy tarbiya nazdingizda hojatxonaga borib kelishni o`rgatish, tahorat qilish bilan kifoyalanib qolsa, xato qilasiz. O`g`il bola tarbiyasini yosh davrlariga bo`lib chiqsak, quyidagicha taqsimlanishi mumkin.
....2 yoshgacha: o`g`il bola o`z jinsini anglashi, «o`g`il bola» ekanligini tushunishi lozim. Buning uchun esa «sen o`g`il bolasan, mard bo`l» kabi so`zlar ayni muddao. O`g`il bolaga hos o`yinlar, ertak kitoblar, etakchilik qobiliyatini shakllantiruvchi qahramonlarni misol keltirish lozim. Mayli, o`g`lingiz Betmen, O`rgimchak odamga havas qilsin, urishmang. Alpomish, Jaloliddin Manguberdi kabi timsollarni bilsayu undanda yaxshi. Muhimi unda o`z jinsi haqida tasavvur bo`ladi.
....5 yoshdan so`ng: jismoniy kuchini to`g`ri yo`naltiring. Ana shunda atrofidagi voqea-hodisalarga to`g`ri munosabatda bo`ladi. Mehnat qilishga o`rgating. Biror hunarga qiziqdimi, shashtini qaytarmang. Bilagidagi kuchi to`g`ri yo`naltirilsa, ortiqcha fikrlarga chalg`itmaydi.
....10-11 yosh: o`g`il bolada shaxs shakllana boshlaydi. O`zini yanada mustaqil his etishi va buni boshqalarga ko`rsatishga intilishi tabiiy hol. Buni ota-onalar to`g`ri tushunishlari kerak.
Xarakterni shakllantirishning jinsiy tarbiyaga qanday dahli bor, deb o`ylayotgan bo`lsangiz kerak. Jinsiy tarbiya aynan fe`l-atvor tarbiyasidan boshlanadi. Yuqorida davr ko`rsatmalari esa balog`at davridagi jinsiy tarbiya uchun asos bo`ladi.

Yüklə 22,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin