Yozish va taqdimot qlish koʻnikmalari fanidan 1-kurs sirtqi boʻlim talabalari uchun 1-mustaqil topshiriqlar



Yüklə 22,14 Kb.
tarix13.11.2022
ölçüsü22,14 Kb.
#119395
yozish va taqdimot 1-Mustaqil topshiriq


YOZISH VA TAQDIMOT QLISH KOʻNIKMALARI FANIDAN
1-KURS SIRTQI BOʻLIM TALABALARI UCHUN
1-MUSTAQIL TOPSHIRIQLAR.

I. Foydalanish uchun adabiyotlar ro`yxati:
1. M.Aminov, A.Madvaliev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, Yo. Odilov. Davlattilidaishyuritish. Amaliy qoʻllanma. “Oʻzbekistonnashriyoti”, Toshkent, 2020. -528 b.
2. I.Saifnazarov, A.Muxtarov T.Sultonov, D.Ernazarov. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Oʻquv qoʻllanma. TDIU, 2019.
3. Lester, James D. Writing research papers: a complete guide. Pearson, fifteenth edition, Global edition, 2017. 419-pages.
4. Barbara Gastel, Robert A. Day. How to Write and Publish a Scientific Paper. Greenwood, Eighth Edition, 2016. 346-pages.
5. Бушенева Ю.И. Как правильно написать реферат, курсовую и дипломную работы: Учебное пособие для бакалавров. Дашков и К, 2014. 140-ст.
6. Alice Oshima, Ann Hogue. Longman Academic Writing Series 4: Essays, with Essential Online Resources 5th Edition. Pearson Education ESL, 2016. 368-pages.
7. R. Dadabayeva, Sh. Nasridinova, N. Shoaxmedova, L. Ibragimova, Sh.Ermatov. Axborot – kommunikasion texnologiyalar va tizimlar. -T.: “Sanoatstandart” nashriyoti. Oʻquv qoʻllanma. 2017.-552 bet.

II. Talabalar tomonidan bajarlishi kerak boʻladigan topshiriqlar:
1. Matn ustida ishlash.
a) Matnni oʻqish; (1-ilova)
b) Matnda belgilangan soʻzlarni fonetik tahlil qilish; (1-ilova)
c) Matn tarkibidagi (barcha) soʻzlarni asos va qoʻshimchalarga ajrating; (1-ilova)
2. “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida tadbir tashkil qiling. Tadbirning bayonnomasini tayyorlang.
3. Quyida keltirilgan ariza matni bilan tanishing va arizani buyruqlashtiring.
(2-ilova)

III. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 15.

  1. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida, jumladan, matnni oʻqib,

matn tarkibidagi belgilangan soʻzlarni fonetik jihatdan t oʻliq tahlil qilib, belgilangan soʻzlarni asos va qoʻshimchalarga toʻgʻri ajrata olsa 13-15 ball bilan baholanadi.

  1. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda

3-4 ta xatolikka yoʻl qoʻygan boʻlsa, 9-12 ball qoʻyiladi.

  1. Agar mustaqil ishni toʻliq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik boʻlsa,

6, 7, 8 ball qoʻyiladi.

  1. Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan boʻlsa, 3, 4, 5 ball qoʻyiladi.

  2. Agar mustaqil ishda jiddiy qoʻpol xatolar mavjud boʻlsa, 1, 2 ball qoʻyiladi.

  3. Agar mustaqil ish talab darajada bajarilmagan boʻlsa, 0 ball qoʻyiladi.

  4. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan joʻnatishingizni soʻrayman.

  5. Topshirish muddati: 20.11.2022 yil kuniga qadar.


(1-ilova)
Vatan - tugʻilgan tuprogʻimiz, bolaligimiz oʻtgan chang koʻchalar, yaqinlarimiz, ustozlarimiz, doʻstlarimizni har kuni koʻrish mumkin boʻlgan muqaddas goʻsha - Oʻzbekistonda tugʻilganligimiz eng buyuk baxt. Televizor yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali notinch yurtlarni aholisi koʻchalarda sarson boʻlayotgan, ayollari, bolalari bir burda onga zor boʻlgan ellarni koʻrib, beixtiyor tinchligimizga shukr qilaman. Vatan tuygʻusini har qadamda his qilaman. Har tong osoyishta uygʻonganim, oilam bagʻrida salomat yashayotganim - bularning barchasi yana bir bor Vatanni sevishni, shu yurtning tuprogʻini e’zozlashni oʻrgatadi. Ona Oʻzbekistonim, jonajon oʻlkam, oʻttiz bir yoshing muborak boʻlsin, doimo gullab, yashnayver!


(2-ilova)
Samarqand tibbiyot kolleji direktori
N. Allayorovga
Sugʻdiyona massivi 9-xonadonda yashovchi fuqaro Amirova Marhabodan
ARIZA
Arizamninq qisqacha mazmuni shundan iboratki, meni 30.09.2022 yil kunidan boshlab, farmaseftika boʻlimiga oʻqituvchilik vazifasiga qabul qilishingizni soʻrayman.
Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:
1. Oliy tibbiy ma’lumot haqidagi diplom;
2.mehnat daftarchasi;
3.soʻrovnoma;
4. yashash joyidan ma’lumotnoma.

30.09.2022 yil


Arizachi: Amirova M.
Yüklə 22,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin