2.2 - rasm. Bankrot korxonaga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlar
Tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatishni amalga oshirayotgan boshqa
idora, korxona joylashgan yerdagi rasmiy matbuotda uni tugatish va qarz
berganlarning da‟volarini qabul qilish tartibi va muddati to„g„risida e‟lon be-
radi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) ana shu
e‟lon bilan bir qatorda korxonaga debitorlik qarzini undirib olish va qarz
berganlarni korxona tugatilganligidan xabardor qilib, ularning da‟volarini
aniqlash ishlarini bajarishi shart.
Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) tugatilayotgan
korxonaning mol-mulkini baholaydi va qarz berganlar bilan hisob-kitob qi-
ladi, tugatish balansini tuzadi va uni egalik qiluvchiga yoki tugatish komis-
siyasini tayinlagan idoraga taqdim etadi. Tugatish komissiyasi o„z aybi bilan
yetkazilgan zarar uchun javobgar bo„ladi. Zararni undirib olish miqdorlari va
tartibini xo„jalik sudi belgilaydi.
Qarz berganlarning da’volarini qondirish Tugatilayotgan korxonaga qarz berganlarning da‟volari ana shu korxonan-
ing mol-mulkidan qondiriladi. Bunda birinchi navbatda byudjet oldidagi qarzlar
qondiriladi va tugatilayotgan korxona tasarrufida bo„lgan yerlarni qaytadan tiklash
xarajatlari qoplanadi. Kreditorlar da‟volarini qondirish tartibi va navbati hamda
bankrot bo„lgan xo„jalik yurituvchi subyektning mol-mulkini taqsimlash
O„zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to„g„risida»gi qonuni bilan belgilanadi.
Sanatsiya Faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish Diversifika- tsiyalash KORXONANI QAYTA TASHKIL ETISH