42
larning qo„shma umumiy yig„ilishida ovoz berish tartibi birlashish to„g„risidagi
shartnomada belgilab qo„yiladi. Bir jamiyat boshqa jamiyatga birlashganda
o„tkazish dalolatnomasiga muvofiq birlashtirilayotgan jamiyatning barcha huquq
va majburiyatlari qo„shib olgan jamiyatga o„tadi. Jamiyat faoliyatini to„xtatib, un-
ing huquqlari va majburiyatlarini yangi tuzilayotgan jamiyatga o„tkazish - jamiyat-
ni bo„lish deb hisoblanadi. Bo„lish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning
kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig„ilishi hukmiga bo„lish tarzida ja-
miyatning qayta tashkil etilishi to„g„risida, bu qayta tashkil etishning tartibi va
shartlari xususida, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat
aksiyalarini tuzilayotgan jamiyatlar aksiyalariga va boshqa qimmatli qog„ozlariga
ayirboshlash tartibi to„g„risida qaror qabul qiladi. Yangi tuzilayotgan har bir ja-
miyat aksiyadorlarining umumiy yig„ilishi uning nizomini tasdiqlash hamda ku-
zatuv kengashini saylash to„g„risida qaror qabul qiladi. Jamiyat bo„linganda uning
barcha huquqlari va majburiyatlari bo„lish balansiga muvofiq yangi tashkil etila-
yotgan ikki yoki bir necha jamiyatga o„tadi. Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning
faoliyatini to„xtatmagan holda, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini
o„tkazib berish yoki bir nechta jamiyat tuzish jamiyatni ajratib chiqarish deb
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: