96
Tashqi risklarning
yuzaga kelish manbai bo„lib, tashqi muhit unsurlari
hisoblanadi. Tadbirkor bu kabi risklarga ta‟sir eta olmasligi mumkin, ammo ularni
o„z faoliyatida oldindan ko„ra olishi va hisobga ola bilishi kerak. Shuningdek
tashqi risklarga tadbirkor faoliyati bilan bevosita bog„liq bo„lmagan risklar kiradi.
Bu kabi risklarga tadbirkorlik faoliyati va iqtisodiyotni
boshqarish maqsadida
tegishli qonunlarning qabul qilinishi yoki o„zgartirilishi, mamlakatdagi siyosiy
o„zgarishlar, ijtimoiy va demografik vaziyatlarning o„zgarishi, tashqi iqtisodiy
faoliyatdagi o„zgarishlar, bozor muvozanatidagi o„zgarishlar kiradi. Bunga 1998
yilgi Sharqiy-Janubiy Osiyo mamalakatlarida yuz bergan moliya-kredit tizimidagi
xalqaro munosabatlarning buzilishi misol bo„ladi. Ichki risklar manbai bo„lib, tad-
birkorlik korxonasining ichki vaziyati va holatidagi hodisa va voqealar hisobla-
nadi. Bu kabi risklarga menejment faoliyatining samarali amalga oshirilmaganligi,
marketing asoslari va siyosatini noto„g„ri yuritish,
firma xodimlarining
suiste‟mollikka yo„l qo„yishi, firmada kadrlar siyosatidagi xatoliklar, xom
ashyoning yetishmasligi, sotish kon‟yukturasining o„zgarishi, inflyatsiyaning ortib
borishi kabilar kiradi.
So„nggi vaqtlarda mahalliy tadbirkorlar uchun valyuta riski dolzarb muam-
molardan biri hisoblanadi. Valyuta riski - bu valyuta kursining o„zgarishi va infly-
atsiya natijasida yuzaga keladigan moliyaviy zararlar ehtimolligi hisoblanadi. Val-
yuta kursiga ta‟sir etuvchi asosiy omillar orasidan to„lov balansi holatini, inflyatsi-
ya darajasini, qisqa muddatli kapitallarning tarmoqlararo migratsiyasini ajratib
ko„rsatish mumkin. Shu bilan birgalikda valyuta kursining o„zgarishiga
talab va
taklif munosabatlari, tashqi va ichki siyosiy omillar ham ta‟sir etadi. 1998 yildagi
Rossiyadagi valyuta krizisi, AQShdagi 2001 yil 11 sentabr voqealari bunga ya-
qqol misol bo„la oladi.
Tadbirkorlik firmalari uchun yana bir muhim risk turlaridan biri kredit riski
hisoblanadi. Kredit riski, firma faoliyatini tashqi mablag„lar
asosida moliya-
lashtirish natijasida, investorlar oldidagi o„zining moliyaviy majburiyatlarini bajara
olmaslik imkoniyatlari bilan bog„liqdir. Kredit riski korxona bilan kreditorlar:
bank va boshqa moliyaviy tashkilotlar; mol yetkazib beruvchilar va aksiyadorlar
o„rtasida yuzaga kelishi mumkin. Kredit riskining yuzaga kelishiga sabab, kredit
oluvchining insofsizligi, ya‟ni mablag„larni o„z shaxsiy ehtiyojlariga yoki bo„lar-
bo„lmas ishlarga sarflab yuborishi natijasida; kredit olgan korxonaning raqobatga
dosh
bera olmasligi; noxush iqtisodiy kon‟yunktura; firma rahbarining omilkor
emasligi, shuningdek, tadbirkorlar faoliyatiga moliyaviy, tarmoq, investitsion, in-
novatsion risklar ham o„z ta‟sirini ko„rsatadi.
Tadbirkorlik risklarini boshqarish hozirgi sharoitda O„zbekistonda
avj olib
borayotgan kichik, o„rta va xususiy biznes tadbirkorlari faoliyatini samarali, un-
umli boshqarish eng muhim, dolzarb muammo ekanligini hisobga olib, xalqaro
huquqiy munosabatlarni va mamlakat ichidagi iqtisodiy-huquqiy asoslarni,
milliy
xususiyatlarni chuqur bilishlari va amalda qo„llashlari lozim bo„ladi. Buning uchun
kerakli konsultatsiyalar olish - (maslahat beruvchi) kompaniyalardan va banklar
qoshidagi hamda tovar ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlar palatasi qoshidagi
mutaxassislar bilan maslahatlashishlari, kompyuter orqali «Internet» axborotlari-
dan foydalanish har bir tadbirkorning birinchi navbatdagi burchi bo„lib qolmog„i
97
maqsadga muvofiqdir. Tadbirkor o„z faoliyatini samarali,
xavf-xatarsiz amalga
oshirishni boshqarar ekan, jahonda tez o„zgarib borayotgan iqtisodiy, siyosiy ja-
rayonlarni va mamlakat ichidagi o„zgaruvchanlik holatlarini har doim o„rganib
borishi tadbirkorlik faoliyati uchun katta samara beradi.
Dostları ilə paylaş: