9
II - BOB. KORXONALAR VA ULARNING TASHKILIY-HUQUQIY
ASOSLARI
2.1. Bozor iqtisodiyotini rivojlanishida
korxonalarning o‘rni
2.1.1. Korxona tushunchasi, turlari va vazifalari
O„zbekiston Respublikasining «Korxonalar to„g„risida»gi 1991 yil 15
fevraldagi qonuni hamda 1993 yil 7 may; 1994 yil 23 sentyabr; 1995 yil 31 avgust;
1996 yil 27 dekabr; 1997 yil 25 aprel; 1997 yil 30 avgust; 1998 yil 1 may; 1998 yil
29 avgustdagi qonunlariga binoan kiritilgan o„zgarish va qo„shimchalarda
mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish, ularning
faoliyatini qayta tashkil etish va tugatishning umumiy va huquqiy, iqtisodiy hamda
ijtimoiy asoslari belgilab berilgan.
Qonun foyda olish maqsadida ish olib boradigan
korxonalarning mustaqil-
ligini ta‟minlashga qaratilgan bo„lib, ularning huquqlari va mas‟uliyatini
belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat hokimiyati,
boshqaruv
idoralari bilan olib boradigan munosabatlarini tartibga soladi. Shuningdek,
qonunda korxona ta‟rifi, turlari, vazifalari, korxonani barpo etish va uni ro„yxatdan
o„tkazish tartibi, korxonani boshqarish, korxona xo„jalik
faoliyatining asoslari,
korxonaning ijtimoiy kafolatlari, korxona huquqlari,
korxonani tugatish va qayta
tashkil etish shartlari belgilab berilgan.
Huquqiy shaxs mavqeiga ega bo„lgan, mulkchilik huquqi yoki xo„jalikni to„la
yuritish huquqi bo„yicha o„ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida
mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan,
ishlarni
bajaradigan, xizmat ko„rsatadigan, mulkchilikning barcha shakllari teng
huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o„z faoliyatini amalga
oshiradigan mustaqil xo„jalik yurituvchi subyekt
Dostları ilə paylaş: