108
Siz o„zingizning tadbirkorlik imkoniyatlaringizni hisobga olib, biznesning
ma‟lum bir sohasini aniqladingiz. Endi siz tadbirkorlik g„oyasini tanlashingiz lo-
zim.
Tadbirkorlik g‘oyasi
- bu siz tanlagan biznesning mazmuni, maqsadi, ishlab
chiqariladigan mahsulot (xizmat)ning tavsifidir. Tadbirkorlik g„oyasi tadbirkorning
salohiyati va imkoniyatlariga asoslanishi kerak.
Biznesni tanlash qoidalari
1. Men tadbirkor bo„lishni xohlayman va bo„la olaman, degan qarorga keling.
2. Siz hamma vaqt: ovqatlangan paytingizda ham, sayr qilganingizda, gazeta va
jurnallar o„qiganingizda, televizorda reklama tomosha qilganingizda va hatto ux-
lashga yotgan paytingizda ham biznesning qaysi turi bilan shug„ullanishingiz
haqida o„ylang.
1.
Siz tadbirkorlik salohiyatiga egasiz. Biznesning bir qancha sohasida
faoliyat olib borishga imkoniyatlaringiz yetarli. Shu imkoniyatlaringizni tahlil
qiling, o„zingizda yangi imkoniyatlarni qidiring.
4. Sizda g„oya paydo bo„lgandan so„ng, u haqida doimo o„ylang, uni har
tomonlama o„rganing, oydinlashtiring, takomillashtiring.
5. Tanlagan g„oyangizni amalga oshirish yo„llarini shoshilmay, obdon o„ylang,
qunt va g„ayrat bilan bajarishga kirishing.
6. Xato qilishdan qo„rqmang, ruhingizni tushirmang, o„z xatti-harakatlaringizni
ayovsiz tahlil qiling, siz qayerda xato qilganingizni tushunishga o„rganing, holatga
moslashuvchan bo„ling, xatolaringizni o„z vaqtida tuzatishni biling.
Dostları ilə paylaş: