13
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etish uchun ro„yxatdan o„tkazish tartibotlari
tizimini tubdan
takomillashtirish to„g„risida»gi 2003 yil 20 avgustdagi 357 - son qarori;
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 22 martdagi
«Huquqiy shaxslar birlashmalarini davlat ro„yxatidan o„tkazish haqidagi
nizomni tasdiqlash to„g„risida»gi 153 - son qarori;
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyuldagi
O„zbekiston
Respublikasida
«Xorijiy
investitsiyalar
ishtirokidagi
korxonalarni tashkil etish, davlat ro„yxatidan o„tkazish va tugatish tartibi
to„g„risida»gi 336 - son qarorini aytib o„tishimiz mumkin.
Korxonani davlat ro„yxatidan o„tkazishda quyidagi hujjatlar ro„yxati qonun
bilan qat‟iy belgilab qo„yilgan.
Mas‟uliyati cheklangan va qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatlarni davlat
ro„yxatidan o„tkazish uchun quyidagi 7ta hujjat talab etiladi:
davlat ro„yxatidan o„tkazish to„g„risida ariza;
nizom va ta‟sis shartnomasining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi, agar
jamiyat bir shaxs tomonidan ta‟sis etilgan bo„lsa,
u tomonidan va notarial
tasdiqlangan nizom;
tuman (shahar) hokimligi vakolatli organ tomonidan berilgan firma nomi
to„g„risidagi guvohnoma;
muhr va shtamp eskizlari uch nusxada;
muassislarning har biri tomonidan ta‟sis hujjatlarida ko„rsatilgan o„z
ulushining kamida 30 foizi nizom fondiga qo„shilganligini tasdiqlovchi
bankning ma‟lumotnomasi.
Tadbirkorlik subyektining nizom fondi yoki uning bir qismi mulkiy ulush
(ko„chmas mulk, asbob-uskunalar, boshqa mol-mulklar) yoki intellektual mulk
hisobiga shakllantirilgan taqdirda bank ma‟lumotnomasi talab etilmaydi, ta‟sis
hujjatlarida nizom fondini shakllantirish manbalari ko„rsatilishi muassislar
niyatining tasdig„i hisoblanadi.
Huquqiy shaxslar birlashmalarini davlat ro„yxatidan o„tkazish
uchun
quyidagi 5 ta hujjat talab etiladi:
davlat ro„yxatidan o„tkazish to„g„risida ariza va belgilangan shaklda
to„ldirilgan ro„yxatga olish kartasi;
birlashma nizomi va ta‟sis shartnomasini tasdiqlash to„g„risidagi ta‟sis
yig„ilishi (konferensiyasi) bayonnomasi;
birlashma nizomi va ta‟sis shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi;
birlashma pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat;
ro„yxatdan o„tkazish yig„imi to„langanligini tasdiqlovchi bank to„lov hu-
jjati.
Nizom fondi to„liq xorijiy investorlar tomonidan shakllantiriladigan korxon-
alar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya
ishtirokidagi boshqa tashkilotlarni davlat ro„yxatidan o„tkazish uchun esa quyida
keltirilgan 7 ta hujjat talab etiladi:
davlat ro„yxatidan o„tkazish to„g„risida ariza;
14
xorijiy muassis to„g„risida huquqiy shaxs ro„yxatdan o„tkazilgan joydagi
savdo reestridan ko„chirma va O„zbekiston Respublikasining konsullik
muassasasi tomonidan belgilangan tartibda
legalizatsiya qilingan, bular
mavjud bo„lmagan taqdirda, muassis ro„yxatdan o„tkazilgan davlat Tashqi
ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning O„zbekiston Respublikasi konsullik
muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilingan,
keyinchalik O„zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik
boshqarmasida tasdiqlangan bankning tavsiya xati (O„zbekiston
Respublikasida doimiy yashamaydigan jismoniy shaxslar bankning tavsiya
xati va o„z pasportlariga oid ma‟lumotlar nusxasini taqdim etadilar);
korxona ta‟sis hujjatlari (Nizom va ta‟sis shartnomasi)ning notarial
tasdiqlangan yig„imi to„langanligi to„g„risida bank to„lov hujjati;
shahar (tuman) hokimliklarining vakolatli organlari tomonidan berilgan
firma nomi to„g„risidagi guvohnoma;
muhr va shtamp eskizlari (uch nusxa).
Korxonani davlat ro„yxatidan o„tkazish to„g„risidagi ariza va unga ilova qi-
lingan hujjatlar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro„yxatidan o„tkazish bo„limiga
shaxsan yoki pochta orqali topshirilishi mumkin
Korxonani davlat ro„yxatidan o„tkazish uchun zarur bo„lgan hujjatlardan eng
asosiysi korxona nizomidir. Qonunda taqiqlanmagan
faoliyat turi bilan
shug„ullanuvchi har qanday korxona nizom asosida ish olib boradi. Nizom korx-
onaning ta‟sis etuvchilari tomonidan ta‟sis yig„ilishida muhokama qilinadi va
tasdiqlanadi. Korxona nizomida korxonaning nomi, uning qayerda joylashganligi,
faoliyati, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-
mulkini tashkil etish va foydani taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil qi-
lish va uning faoliyatini to„xtatish shartlari belgilab qo„yiladi. Korxona nizomi tar-
kibi 2.1 - rasmda keltirilgan:
Dostları ilə paylaş: