Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


Ishlab chiqarishni tashkil qilishda to‘rsimon grafiklar



Yüklə 2,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/197
tarix02.12.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#137094
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   197
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

5.3. Ishlab chiqarishni tashkil qilishda to‘rsimon grafiklar 
5.3.1. To‘rsimon grafiklar haqida tushuncha 
To„rsimon grafiklarni ixtiro etilgandan oldin ishlab chiqarishda, asosan, 
Gant grafiklari, ya‟ni chiziqli grafiklar qo„llanilar edi, ammo ularning bir qancha 
kamchiliklari bo„lib ishlab chiqarishni to„liq ko„rsatib berish va ulardan foyda-
lanishda ancha qiyinchiliklarga olib keladi, ular quyidagilardan iborat: 
1)
jarayonlar orasidagi bog„liqlik to„liq ko„rsatilmaydi; 
2)
agar jarayonlarni bajarilish vaqti o„zgarib qolsa, uni qayta hisoblash kerak 
bo„ladi; 
3)
grafikli hisoblash ishlarini zahiralari aniqlanmagan; 
4)
asosiy ishlar bilan ikkinchi darajali ishlarni farqi ko„rsatilmaydi; 
5)
hisoblash ishlarida kompyuterlarni qo„llashda qiyinchilik tug„diradi. 
Yuqorida ko„rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilishda bizga to„rsimon graf-
iklarni qo„llash ishlab chiqarishni boshqarishda katta natijalarni olib keladi, chunki 
to„rsimon grafiklarni quyidagi afzallik tomonlari mavjud: 
1)
texnologik jarayonlar ketma-ketligini, har bir ishning bajarilish vaqtini aniq 
belgilaydi; 
2)
har bir jarayonni asosiy va xususiy zahiralarini aniqlaydi
3)
ta‟minotchilar bilan mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bir-biriga bog„laydi; 


152 
4)
texnologik jarayonni to„g„ri bajarilishini nazorat qilish osonlashadi; 
5)
kompyutyerdan va matematik usullardan foydalanishda qulaylik tug„diradi. 
To„rsimon grafikning tuzilishi chiziqli diagrammalarga o„xshash bo„lib, u 
ishlab chiqarish jarayonini bir - biriga bog„lanishini va mahsulot ishlab chiqarishni 
boshlashdan to oxirigacha bo„lgan davrni ko„rsatib beradi. 
To„rsimon grafiklar quyidagi elementlardan tashkil topadi: 
a) ish; 
b) voqea; 
v) bog„liqlik; 
g) kutish. 

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin