Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


 Korxonada boshqarishni tashkil etish



Yüklə 2,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/197
tarix02.12.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#137094
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   197
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

 
2.1.3. Korxonada boshqarishni tashkil etish 
Ijtimoiy taraqqiyot masalalari, jumladan, mehnat intizomi sharoitlarini 
yaxshilash va ish vaqtining davomiyligini, mehnat jamoasi a‟zolari va ularning 
oilalarini ijtimoiy muhofaza qilish, turmush sharoitlari va salomatligini yaxshilash 
masalalari mehnat jamoasi tomonidan korxona ma‟muriyati bilan birgalikda hal 
qilinadi. O„z mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida o„ziga 
biriktirilgan ishni bajaruvchi barcha fuqarolar shu korxona mehnat jamoasini 
tashkil qiladi.
Korxona o„zining nizomiga muvofiq boshqaruv strukturasi, shakli va 
uslublarini aniqlaydi, ish o„rinlarini belgilaydi.
Mulk egasi bevosita o„zi yoki o„zi vakolat bergan idoralar orqali korxonani 
boshqaradi. 
Korxonani boshqarish uchun rahbar yollash (tayinlash) va bo„shatish 
korxona mulk egasining huquqi bo„lib, bu huquqni u bevosita o„zi yoki vakil 
qilgan idoralar orqali amalga oshiradi. 
Korxona rahbari korxona faoliyati bilan bog„liq masalalarni mustaqil hal 
qiladi. Mamlakatdagi va chet eldagi barcha korxona, firma va tashkilotlarda shu 
korxona manfaatlarini himoya qiladi, korxona mol-mulkini tasarruf qiladi, mehnat 
shartnomalari tuzadi, ishonch qog„ozlari beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, 
mablag„ni tasarruf etish huquqidan foydalanadi. Korxonaning barcha faoliyat tur-
larini rivojlantirishga doir buyruqlar chiqaradi va ko„rsatmalar beradi. 
Korxona xo„jaligi faoliyatini amalga oshirish chog„ida o„z tashabbusi bilan 
O„zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday 
qarorlarni qabul qilishga haqlidir.


16 
 
2.1.4. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish 
 
Korxonani tugatish va qayta tashkil etish (birlashtirish, qo„shish, bo„lib 
yuborish, ajratish, qaytadan tuzish), korxona mol-mulki egasining yoki shunday 
korxonalarni tuzishga vakolatli bo„lgan idoralar qaroriga binoan, yohud sud yoki 
xo„jalik sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Singan korxonalarni tugatish 
O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
1.Korxona olti oy mobaynida moliyaviy - xo„jalik faoliyatini amalga oshirma-
gan taqdirda tugatiladi va soliq organlari taqdimnomasiga ko„ra O„zbekiston 
Respublikasining Adliya Vazirligi hamda joylardagi davlat hokimiyati organlari 
tomonidan xo„jalik yurituvchi subyektlar ro„yxatidan chiqariladi. 
2. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish chog„ida ishdan bo„shatilayotgan 
xodimlarga O„zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ularning huquqlari va 
manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beriladi. 
3. Korxona davlat ro„yxati reyestridan chiqarib yuborilgan paytdan boshlab 
qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi. 
4. Korxona 
boshqa korxona bilan qo„shilgan taqdirda mazkur korxonalarn-
ing har biriga taalluqli barcha mulkiy huquqlar va majburiyatlar qo„shilishi na-
tijasida vujudga kelgan korxonaga o„tadi. 
Bir korxonaning boshqa bir korxonaga qo„shilishi chog„ida uning barcha 
mulkiy huquqlari va majburiyatlari qo„shib olgan korxonaga o„tadi. 
5. Korxona bo„lib yuborilgan taqdirda qaytadan tashkil etilgan korxonaning 
mulkiy huquqlari va majburiyatlari ana shu bo„lib yuborish natijasida vujudga 
kelgan yangi korxonalarga bo„lib yuborish hujjatlari (balansi)ga muvofiq tegishli 
qismlarda o„tadi. 
Korxonadan bitta yoki bir nechta yangi korxonani ajratib chiqarish chog„ida 
qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari, majburiyatlari bo„lib 
yuborish hujjati (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda ularning har biriga o„tadi. 
6. Bir korxonani boshqa korxona qilib o„zgartirish chog„ida avvalgi korxonan-
ing barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qaytadan tashkil etilgan korxonaga 
o„tadi. 
Korxonani tugatishni, mulkdor yoki mazkur mol-mulkni boshqarishga vako-
latli organ tuzadigan tugatish komissiyasi amalga oshiradi, bankrotlik hollari bun-
dan mustasno. Xo„jalik sudi tomonidan xo„jalik yurituvchi subyekt bankrotligi 
to„g„risida qaror qabul qilinganda tugatish komissiyasini shakllantirish va uning 
ishlash tartibi O„zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to„g„risidagi qonuni» bi-
lan belgilanadi. 
Bankrot korxonalarni qayta tashkil etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

Korxonani tugatish to„g„risida qaror qabul qilgan mulkdor sud (xo„jalik sudi) 
yoki korxonani barpo etishga vakolatli bo„lgan idora tugatish tartibi va 
muddatini, shuningdek qarz berganlarning da‟vo qilish muddatlarini bel-
gilaydi. Bu muddat tugatish e‟lon qilingan kundan boshlab ikki oydan kam 
bo„lmasligi kerak. 


17 

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin