Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari



Yüklə 2,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/197
tarix02.12.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#137094
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   197
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

 
2.2. Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari 
Xo„jalik yoki tadbirkorlik faoliyatini yuritish maqsadida huquqiy shaxslar
huquqiy shaxslar bilan jismoniy shaxslar hamda jismoniy shaxslar o„rtasida o„z 
hissalari va mol-mulkini birlashtirish asosida o„zaro ixtiyoriy kelishuvga muvofiq 
tuziladigan korxonalar xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari deyiladi.
Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlariga aksiyali jamiyatlar, mas‟uliyati che-
klangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatlar, to„liq va kommandit shirkatlar 
kiradi. Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari korxona xo„jalik assotsiatsiyasining itti-
foq, konsern, konsorsium, korporatsiya va boshqa uyushmalariga birlashishlari 
mumkin. 
Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari huquqiy shaxs hisoblanib O„zbekiston 
Respublikasining «Korxonalar to„g„risida»gi qonun hujjatlari va ta‟sis shartnomasi 
ko„rsatmalari asosida ish olib boradi. 
Xo„jalik shirkati yoki jamiyatning mol-mulkini pul, qimmatbaho qog„ozlar, 
pul bilan baholanadigan boshqa buyumlar, mulkiy huquqlar hamda pul qiymatiga 
ega bo„lgan boshqa huquqlar tashkil qilishi mumkin. 
Xo„jalik shirkati yoki jamiyat ishtirokchisining qo„shgan hissasini pul bilan 
baholash jamiyat ishtirokchilari o„rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. 
Xo„jalik shirkatlari va jamiyatlari aksiyalar chiqarishga haqli emas. 


19 
Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari ishtirokchilari: 

jamiyatning yoki shirkatning ishlarini boshqarishda qatnashish; 

ta‟sis hujjatlarida belgilab qo„yilgan tartibda shirkatning yoki jamiyatning 
faoliyati to„g„risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va 
boshqa hujjatlari bilan tanishish; 

foydani taqsimlashda qatnashish; 

shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditlar bilan hisob-kitob qilin-
gandan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olishga 
haqlidirlar;

xo„jalik jamiyati va shirkati ishtirokchilari ta‟sis hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qo„shadilar; 

shirkat yoki jamiyat to„g„risidagi maxfiy axborotni oshkor qilmasliklari 
shart.
Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari faoliyat prinsiplari, ishtirokchilarning 
o„zaro munosabati va ularning haq-huquqlarini aniqlaydigan asosiy hujjat ta‟sis 
shartnomasi va nizom bo„lib, u barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. 

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin