21
Jamiyat qatnashchilari qo„shgan hissalari doirasida javobgar bo„ladilar.
Miqdori ta‟sis hujjatlarda belgilab beriladigan ulushlarga bo„lingan
nizom fondi
bor jamiyat qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyat deb e‟tirof etiladi.
Bunday jamiyatning mol-mulki kamlik qilgan taqdirda
jamiyat
qatnashchilari uning majburiyatlari yuzasidan o„z mol-mulklari bilan ham, barcha
qatnashchilar uchun teng miqdorda, qo„shgan hissalariga monand summada javob
beradilar.
Jamiyat davlat ro„yxatidan o„tadigan paytgacha qatnashchilarning har biri
ta‟sis hujjatlarida ko„rsatilgan hissaning kamida o„ttiz foizini kiritishi shart, bu
bank muassasalari bergan hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Qatnashchi o„z
hissasini
jamiyat ro„yxatidan o„tganidan keyin bir yil ichida to„liq qo„shishi shart. Ushbu
majburiyat belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda qatnashchi, basharti ta‟sis
hujjatlarida o„zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo„lsa, muddati o„tkazib
yuborilgan vaqt uchun to„lanmagan summadan olinadigan yillik daromadning
yigirma besh foizini to„laydi.
Jamiyat o„z hissasini to„liq to„lagan qatnashchisiga guvohnoma beradi, bu
guvohnoma qimmatli qog„ozlar jumlasiga kirmaydi.
Hissa sifatida kiritilgan mol-mulk qiymatining o„zgarishi va ta‟sis
hujjatlarida belgilangan hollarda jamiyat yuqori idorasining qaroriga binoan
qatnashchilar tomonidan kiritilgan qo„shimcha
badallar jamiyatning nizom
fondidagi ulushlari miqdorida ta‟sis etilmaydi.
2.
Mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatning
qatnashchilari qolgan qatnashchilarning roziligi bilan o„z ulushini (ulushning bir
qismini) shu jamiyatning bir yoki bir necha qatnashchisiga yohud uchinchi
shaxslarga berishi mumkin. Jamiyat qatnashchilari ana shu ulushni (uning bir
qismini) jamiyat nizom fondidagi o„z ulushlariga mutanosib tarzda sotib olishda
ustuvor huquqdan foydalanadilar. Ulushni (uning bir qismini) jamiyat
qatnashchilarining manfaatlari qanoatlantirilgandan keyingina, uchinchi shaxslarga
berish mumkin bo„ladi. Bunday hollarda uchinchi shaxs uning huquqiy vorisiga
aylanadi.
3.
Qatnashchining ulushini o„z hissasini to„liq kiritib bo„lganidan keyingina
jamiyatning o„zi sotib olishi mumkin. Bunday hollarda jamiyat ulushni boshqa
qatnashchilarga yoki uchinchi shaxsga uzog„i bilan bir yil muddatga berishi shart.
Ana shu davr mobaynida foydani taqsimlash, shuningdek yuqori idorada ovoz ber-
ish va kvorumni aniqlash jamiyat tomonidan sotib olingan
ulushni nazarda tutil-
magan holda amalga oshiriladi.
4.
Qatnashchi mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyat
tarkibidan chiqqan taqdirda unga nizom fondidagi ulushiga mutanosib tarzda
jamiyat mol-mulki bir qismining qiymati to„lanadi. Jamiyatdan chiqqan
qatnashchiga jamiyatdan chiqquniga qadar jamiyat o„sha
yili orttirgan foydaning
unga tegishli qismi to„lanadi. Qatnashchi jamiyatga faqat foydalanish uchungina
bergan mol-mulk natura holida eskirib ishdan chiqishini inobatga olgan holda
mukofotsiz qaytariladi.