24
5.
Qatnashchi mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyat
tarkibidan chiqqan taqdirda unga nizom fondidagi
ulushiga mutanosib tarzda
jamiyat mol-mulki bir qismining qiymati to„lanadi. Jamiyatdan chiqqan qatnash-
chiga jamiyatdan chiqquniga qadar jamiyat o„sha yili
orttirgan foydaning unga
tegishli qismi to„lanadi. Qatnashchi jamiyatga faqat foydalanish uchungina bergan
mol-mulk natura holida eskirib ishdan chiqishini inobatga olgan holda mukofotsiz
qaytariladi.
6.
Mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatning qatnash-
chisi bo„lishi uchun huquqiy shaxs jamiyat qayta tashkil etilgan taqdirda yoki ja-
miyat qatnashchisi bo„lmish fuqaro vafot etgan hollarda jamiyatning roziligi bilan
huquqiy vorislar (merosxo„rlar) jamiyatga kirishlari mumkin. Huquqiy voris (mer-
osxo„r) jamiyatga kirishdan bosh tortgan yoki jamiyat huquqiy vorisni (mero-
sxo„rni) o„z tarkibiga qabul qilishni rad etgan hollarda unga mol-mulkidagi ulushi
pul
yoki natura shaklida beriladi, bunda ulushning huquqiy shaxs qayta tashkil
etilgan yoki qatnashchi vafot etgan kundagi qiymati hisoblab chiqiladi.
Bunday
hollarda jamiyatning nizom fondi miqdori kamaytirilishi kerak.
7.
Mas‟uliyatli cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatning o„z ni-
zom fondini kamaytirish to„g„risidagi qaror shu haqda belgilangan tartibda e‟lon
qilingandan so„ng kamida 3 oydan keyin kuchga kiradi.
8.
Jamiyat qatnashchisining shaxsiy majburiyatlari yuzasidan olinadigan jari-
mani uning ulushiga kiritishiga yo„l qo„yilmaydi. O„z
qarzlarini qoplash uchun
qatnashchining mol-mulki yetmagan hollarda qarz beruvchilar qarzdor qatnash-
chining ulushini ajratib berilishini talab qilishga haqlidir.
Dostları ilə paylaş: