25
jamiyatning
boshqaruv
organlari
mansabdor
shaxslarini
mulkiy
javobgarlikka tortish to„g„risida qarorlar qabul qilish;
rusum-qoidalar va jamiyatning boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlash,
jamiyatning tashkiliy tarkibini belgilash;
nizom fondini o„zgartirish;
jamiyatni boshqarish organlari, uning filiallari va
vakolatxonalari mansabdor
shaxslari mehnatiga haq to„lash shartlarini belgilash;
jamiyat faoliyatini to„xtatish to„g„risida qaror qabul qilish, tugatish
komissiyasini tayinlash, tugatish balansini tasdiqlash;
ishtirokchilar tomonidan kiritiladigan qo„shimcha badallar miqdori,
kiritish
shakli va tartibini belgilash;
ishtirokchining ulushini jamiyat tomonidan sotib olinishi masalasini hal et-
ish;
jamiyatdan ishtirokchini chiqarib yuborish masalalari kiradi.
Jamiyat nizomi tomonidan umumiy yig„ilishning mutlaq vakolatiga boshqa
masalalar ham kiritilishi mumkin. Jamiyat faoliyatining asosiy yo„nalishlarini bel-
gilash, uning rejalarini va rejalar ijrosi to„g„risidagi hisobotlarni tasdiqlash, jamiyat
nizomini, nizom fondini o„zgartirish bilan bog„liq masalalar yuzasidan qarorlar
jamiyat qatnashchilarining 4/3 qismidan iborat ko„pchilik ovozi bilan, qolgan ma-
salalar yuzasidan esa oddiy ko„pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ishtirokchini ja-
miyatdan chiqarish masalasini ko„rib chiqilayotganda ushbu ishtirokchi yoki uning
vakili ovoz berishda qatnashmaydi.
3. Mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli
jamiyatning istalgan
qatnashchisi qatnashchilar yig„ilishlarida masalaning ko„rib chiqilishini yig„ilish
boshlanishidan kamida 25 kun avval ko„targan bo„lsagina, talab qilishga haqlidir.
4. Mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyat qatnash-
chilarining yig„ilishi har yili kamida ikki marta chaqiriladi. Qo„shib hisoblanganda
ovozlarning 20 % dan ko„prog„iga ega bo„lgan jamiyat qatnashchilari istalgan pay-
tda va har qanday sababga ko„ra navbatdan tashqari yig„ilish chaqirishini talab qi-
lishga haqlidir. Agar jamiyat raisi ushbu talabni 20 kun mobaynida bajarmasa,
ularning o„zlari qatnashchilarining yig„ilishini chaqirishga haqlidirlar.
5. Mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatda hay‟at
yo„sinidagi yoki yakkaboshchilik tarzida ijroiya idorasi tuziladi,
u jamiyatning
kundalik faoliyatiga rahbarlik qiladi. Jamiyat ijroiya idorasi qatnashchilar
yig„ilishiga hisobot berib turadi va uning qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
6. Mas‟uliyati cheklangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyat
ma‟muriyatining moliya-xo„jalik faoliyatini taftish komissiyasi nazorat qilib bora-
di. Taftish komissiyasi ta‟sis hujjatlarida nazarda tutilgan tarkibda tuziladi.
Ma‟muriyat a‟zolari taftish komissiyasining a‟zosi bo„lishi mumkin emas.
7. Taftish komissiyasi jamiyatning mansabdor shaxslardan o„zi uchun zarur ma-
teriallarni, buxgalterlik yoki boshqa hujjatlarni hamda shaxsiy izohnomalarni talab
qilib olishga haqlidir. Taftish komissiyasining a‟zolari jamiyat ijroiya idorasining
majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadi.
26
8. Taftish komissiyasi o„zi o„tkazgan tekshiruv natijalarini jamiyat ijroiya
idorasiga va jamiyat yig„ilishiga yo„llaydi. Taftish komissiyasi yillik hisobotlar va
balanslar yuzasidan o„z xulosasini beradi. Jamiyat qatnashchilarining yig„ilishi ja-
miyat balansini ana shunday xulosasiz tasdiqlashi mumkin emas.
9. Taftish komissiyasi, basharti jamiyatning muhim manfaatlari uchun xavf yu-
zaga kelgan yoki jamiyatning mansabdor shaxslari suiste‟molliklar qilganligini
aniqlagan
taqdirda, qatnashchi-larning navbatdan tashqari yig„ilish chaqirilishini
talab qilishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: