28
ishtirokchilari kiritgan badallariga mutanosib tarzda o„zlarining shaxsiy mulklari
bilan javob beradilar. To„liq shirkat ta‟sischilari bo„lmagan ishtirokchilar ham
shirkat majburiyati bo„yicha boshqa ishtirokchilar bilan bir xil javobgar bo„ladi.
Shirkat ishtirokchisi, to„liq shirkatdan chiqib ketgan holda hisobot
tasdiqlangan kundan boshlab ikki yil mobaynida majburiyatlar bo„yicha amaldagi
qonunlarga muvofiq ravishda javobgarligi saqlanib qoladi.
To„liq shirkatdan chiqib ketgan ishtirokchiga u bilan kelishgan holda shirkat
mulkining unga tegishli qismi qiymat yoki natura ko„rinishida to„lanishi mumkin.
Bu holda qolgan shirkat ishtirokchilarining nizom sarmoyasidagi ulushi ortadi.
Noma‟lum muddatga tuzilgan to„liq va kommandit shirkatning qatnashchisi
kamida uch oy oldin ogohlantirib, shirkatdan istalgan paytda chiqib ketishi
mumkin.
Muayyan muddatga tuzilgan shirkatdan chiqib ketishga faqat uzrli sabablari
bo„lgan va bu haqda chiqishdan kamida olti oy oldin ogohlantirish berilgan
taqdirdagina yo„l qo„yiladi.
To„liq shirkat faoliyatini to„xtatish xususiyatlari shundan iboratki, uni qayta
tashkil etish uning qatnashchilari bir ovozdan qabul qilgan qarorga binoan amalga
oshirilsa, uni tugatish esa «Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari to„g„risida»gi
qonunning 6 - moddasida ko„rsatilgan asoslar, ya‟ni u tuzilayotganida mo„ljal
qilingan muddat tugaganda yoki uni tuzishdan ko„zlangan maqsadga erishilganda;
u bankrotga tushganda yoki qonunlarni qo„pol ravishda buzgan hollarda tegishli
sudning qaroriga asosan; shirkatni boshqarish oliy idorasining qaroriga binoan;
ularni tugatish va qo„shib yuborish, birlashtirish, ajratish, bo„lish yoki qayta tuzish
yo„li bilan qayta tashkil etilgan taqdirda; ta‟sis hujjatlari va amaldagi qonunlarda
ko„zda tutilgan shirkat mol-mulkining uchdan bir ulushiga ega bo„lgan
qatnashchilardan birining talabiga binoan amalga oshiriladi. Agar to„liq shirkatda
bitta ishtirokchi qolsa, u holda shu ishtirokchi shirkatni aksiyadorlik jamiyatiga
yoki mas‟uliyati cheklangan jamiyatga aylantirishi shart. Oilaviy turdagi tijorat
tashkilotlarining to„liq shirkat shaklida tashkil etilishi kichik va o„rta biznesni
amalga oshirishning eng maqsadga muvofiq shaklidir.
Dostları ilə paylaş: