29
Kommandit shirkatning ta‟sis shartnomasida to„liq shirkatlar uchun ko„zda
tutilgan majburiyatlar bilan birga kommanditlarning
shirkat mol-mulkidagi
ulushlarining umumiy miqdori, ular tomonidan o„z hissalarini qo„shish miqdori
tarkibi va tartibi, ya‟ni shirkat kommanditchilari huquq va burchlari quyidagicha
aks ettiriladi:
kommanditchi kommandit shirkatga a‟zo bo„lib
kirishda ham pulli, ham
moddiy hissa qo„shishga haqlidir;
Kommanditchi:
topshiriq mavjud bo„lganda topshiriqqa muvofiq kommandit shirkat
tomonidan ish ko„rishi;
shirkat tugatilgan taqdirda to„liq mas‟uliyatli qatnashchilariga nisbatan
hissasi birinchi navbatda qaytarib berilishini talab qilishi;
unga shirkat faoliyati to„g„risidagi balanslar va yillik hisobotlar taqdim
etilishi, shuningdek, ularning to„g„ri tuzilishini tekshirish imkoniyati
berilishini talab qilish huquqiga ega;
kommandit hissalari va qo„shimcha badallar ta‟sis shartnomasida nazarda
tutilgan miqdorda, usulda va tartibda qo„yiladi.
Kommandit shirkatni davlat ro„yxatiga olish paytiga qadar aksiyadorlardan
har biri o„z badali summasining kamida 25 % ini qo„yadi.
Nizom sarmoyasi tarkibi va miqdorida har bir to„liq shirkatchilarning nizom
sarmoyasidagi ulushi miqdori va ulushni o„zgartirish tartibi, ya‟ni to„liq shirkatlar
tomonidan omonat pullarini kiritish tartibi miqdori, tarkibi va muddatlari, omonat
pullarini kiritish majburiyatlarini bajarmaganligi uchun to„liq shirkatlarning
javobgarligi; kommandit shirkat nizom sarmoyasida omonatchilar tomonidan
kiritilgan omonat pullarining ulushiy miqdori ko„rsatiladi.
Omonatchilar shirkatdan chiqib ketishda to„liq
sheriklardan farq qilib,
faqatgina o„zlarining nizom sarmoyasiga qo„shgan omonatlarini oladilar xolos.
Ular nizom sarmoyasidagi ulushga teng mulk qismini olish huquqiga ega emas,
ammo shirkat ularning nizom sarmoyasiga kiritgan omonatlarini qaytarib berishi
shartligi ularning xo„jalik jamiyatlaridan farqini ko„rsatadi. Kommandit
ishtirokchilari nizom sarmoyasidagi o„z ulushini kommandit shirkat
ishtirokchilarining roziligisiz ham boshqa shaxsga berib yuborishlari mumkin.
Kommandit
shirkatni
boshqarish
xususiyatlari
shulardan
iboratki,
kommandit shirkat ishlarini boshqarish faqat to„liq mas‟uliyatli qatnashchilar
tomonidan amalga oshiriladi. Kommanditchilar kommandit
shirkatning ishlarini
boshqarish yuzasidan to„liq mas‟uliyatli qatnashchilar faoliyatiga to„sqinlik
qilishga haqli emaslar.
Kommandit shirkatni tugatishning o„ziga xos xususiyatlari shundaki, to„liq
shirkatni tugatishda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, kommandit shirkatchilar,
shuningdek to„liq mas‟uliyatli barcha qatnashchilar chiqib ketgan taqdirdagina
tugatiladi.
Barcha kommanditchilar chiqib ketgan taqdirda, to„liq mas‟uliyatli
qatnashchilar shirkatni tugatishi o„rniga uni to„liq shirkatga aylantirishlari ham
mumkin.
30
Kommandit shirkat ixtiyorida mavjud bo„lgan pul mablag„lari,
tugatish
chog„ida uning mol-mulkini sotishdan olingan tushumni ham qo„shgan holda,
shirkatning yollangan xodimlari mehnatiga haq to„lash bo„yicha hisob-kitob
qilinganidan so„ng banklar, byudjet, boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlar
bajarilgandan keyin, birinchi navbatda kommanditchilar o„rtasida ularning
hissalarini qaytarish uchun taqsimlanadi. Undan keyin esa, to„liq mas‟uliyatli
qatnashchilar o„rtasida amaldagi qonunda va ta‟sis shartnomasida nazarda tutilgan
tartibda taqsimlanadi. Aksiyadorlarga ularning hissalarini to„liq
qaytarish uchun
shirkatning mablag„lari yetmay qolishi ham mumkin. Bunday hollarda mavjud
mablag„lar qatnashchilar o„rtasida ularning shirkat mol-mulkidagi ulushlariga
mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Kommandit shirkatda uning to„liq ishtirokchilari tijoratchi huquqiy shaxslar
bo„lib, omonatchilari esa har qanday shaxslar bo„lishi mumkinligi tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirishda ma‟lum qulayliklar yaratadi.
Dostları ilə paylaş: