46
b) agar jamiyat 50% va yana bitta qo„shimcha aksiya xarid qilsa, u sho„‟ba
korxona hisoblanadi.
v) qimmatli qog„ozlar nizom sarmoyasiga qo„yilma bo„lishi mumkin.
g) nizom mablag„ini o„zgartirishni umumiy yig„ilishda oddiy ko„p ovoz berish
yo„li bilan hal qilib bo„lmaydi.
d) obligatsiya rekviziti foiz miqdori hisoblanadi.
e) jamiyat faoliyati nizomda qayd qilingan faoliyatlar bilan chegaralanmaydi.
j) ta‟sischilar yig„ilishi bayoni har doim tuziladi.
z) obligatsiyalar bo„yicha foizlar to„lash uchun manba zahira fondi bo„lishi
mumkin.
i) depozitariy aksiyani nominal ushlab turuvchi bo„lishi mumkin.
k) aktivlarni baholamasdan ham jamiyatni tugatish mumkin.
5. Aytaylik, siz aksiyadorlik korxonasini tuzayapsiz va ta‟sischi sifatida 1 mln.
dollar mablag„ kiritdingiz. Yiliga har bir aksiya dividendi 8 dollarni tashkil qiladi.
Bank foiz darajasi 4%ga teng. Barcha chiqarilgan aksiyalar sotilgan. Har bir aksiya
kursi qanday bo„ladi? Agar nominal bahosi 100 dollar bo„lgan 10000 dona aksiya
chiqarilgan bo„lsa, ta‟sischilar foydasi qancha bo„ladi? Agar ta‟sischilar 4 ming
aksiyaga ega bo„lsalar, unda umumiy aksiyalar kurs qiymatining qanchasi ularga
taalluqli bo„ladi? U holda ular qancha miqdorda ta‟sischilar foydasiga ega
bo„ladilar?
6.”Azot” ishlab chiqarish birlashmasi aksiyadorlik jamiyatiga aylan-
tirilmoqda. Sof foydadan 25%ini dividend sifatida to„lash ko„zda tutilmoqda, bu
200 million so„mga teng. Dividendning raqobat normasi 250% ga teng. Aksiyador-
lik jamiyatining nizom fondini aniqlang. Agar har bir aksiyaga dividend 10 ming
so„m bo„lsa, kompaniya qancha aksiya chiqarishi kerak?
7. Investorlar tadbirkorlar uchun besh yil muddatga uchta loyihani taklif
etmoqdalar. Foiz me‟yori 5 yil davomida, bir xil bo„lishi ko„zda tutilgan va u
20%ga teng. Qaysi loyiha samaraliroq? Boshqa loyihalardan uning samaradorligi
qancha yuqori?
Dostları ilə paylaş: