52
zorini o„zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to„ldirish uchun shart-
sharoitlar yaratishga qaratilgandir.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, siz kichik korxona ochishni
xohlayapsiz-u, lekin uni qanday tashkil qilish to„g„risida ma‟lumotlarga ega
bo„lmasangiz, biznesni tashkil qilishda nimalarni va qanday
ketma-ketlikda ba-
jarish lozimligi to„g„risida fikr yuritamiz.
Kichik korxonalarni tashkil etishni shartli besh bosqichga ajratib olamiz va u
quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1. Tadbirkor bo„lish qarorini shakllantirish va tadbirkorlik, tijorat g„oyalarini
tanlash, ularni amalga oshirish konsepsiyalarini ishlab chiqish.
2. Ta‟sis hujjatlarini rasmiylashtirish va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat olish.
3. Korxona loyihasini ishlab chiqish.
4. “Ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasini amalga oshirish va uni ishga tu-
shirishga tayyorlash.
5. Ishlab chiqarishni boshlash, tovarlar va xizmatlar yaratish va sotish.
Tadbirkor shaxsiga xos va u bilan bog„liq bo„lgan muayyan iqtisodiy va
huquqiy muhit, korxona tavsifi (xarakteri) kabi barcha
xususiyatlarga har bir
bosqichni muvaffaqiyatli tugallash va keyingisiga o„tish uchun mustahkam asos
yaratish muhim ahamiyatga ega.
Birinchi bosqichda
kelgusi ishning asosiy negizini tashkil qiluvchi taxminiy
fikr-mulohazalarni shakllantirish, bir to„xtamga kelish ko„zda tutiladi. Tadbirkor
g„oyalarini va bo„lajak firma faoliyati yo„nalishini aniqlaydi,
bozor talablari va
imkoniyatlarini tahlil qiladi, chetdan jalb qilinishi mumkin bo„lgan mablag„ni
aniqlaydi, potensial sheriklar, ta‟minlovchilar, investorlar bilan muzokaralar olib
boradi. Bu bosqichda eng ko„p uchraydigan tadbirlarga quyidagilar kiradi:
- qulay g„oyalarni izlash;
- shaxsiy g„oyalarni oydinlashtirish va tahlil qilish;
- bozor imkoniyatlarini va potensial iste‟molchilar talablarini baholash (mar-
keting tadqiqotlari);
- chetdan yordamga yoki uning boshqa turlariga ehtiyoj (zarurat)ni aniqlash;
- mahsulotning tajriba nusxasini
tayyorlash;
- ixtiroga oid izlanishlar va patent olish uchun ariza berish;
- bozorda o„z o„rnini (mavqeini),
istiqbolini aniqlash, bozorning maqsadlarini
aniqlash;
- o„zining moliyaviy imkoniyatlarini baholash va investitsiya siyosatini ishlab
chiqish;
- taxminiy sarf-xarajatlarni, olinadigan foyda miqdorini baholash;
- sotish siyosati prinsiplarini ishlab chiqish;
- pirovard mahsulotni sotish konsepsiyasini ishlab chiqish;
- keyingi bosqich tadbirlari rejasini tuzish.
Ikkinchi bosqichning asosiy tadbirlari quyidagilar:
-
ta‟sis hujjatlarini tuzish;
-
tadbirkorlik faoliyatiga ruxsatnoma olish va uni ro„yxatdan o„tkazish;
53
-
muhr olish.
Uchinchi bosqichning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
-
biznes rejani tuzish;
-
ishlab chiqarishda mehnatni tashkil qilish va korxonani
boshqarish loyihasini
ishlab chiqish;
-
korxona ishlovchilarining ro„yxati (shtati), maydoni, texnikasi, texnologiyasi,
tashkil qilish va boshqarish strukturasi va h.k.larni asoslash;
-
tajriba nusxasini tayyorlash, namoyish qilish, sinash uchun sotish va marketi-
ng faoliyatini tashkil qilish;
-
ta‟minot va sotish sistemasini ishlab chiqish;
-
byudjet va ishlab chiqarish rejasini tuzish;
-
xodimlar bilan ta‟minlash muammosini hal qilish.
To‘rtinchi bosqichning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
-
asosiy pudratchilar
bilan shartnomalar tuzish;
-
kapitalni (mablag„ni) olish;
-
ishlab chiqarish binosini qurishni tashkil qilish;
-
boshqaruv va savdo xodimlarini yollash;
-
ta‟minotchilar bilan shartnomalar tuzish;
-
reklama ko„riklarini (kompaniya) o„tkazish;
-
texnik xodimlarni yollash va tayyorlash;
-
boshqaruv sistemasi vositalarini ishga tushirish;
-
ishlab chiqarish quvvatlarini (kuchlarini) tayyorlashni yakunlash va ishga tu-
shirish;
-
ma‟muriy lavozimdagi xodimlar va ishchilarni yollash hamda tayyorlash;
-
material va tovar resurslarini sotib olish.
Beshinchi bosqichning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
-
tovarning birinchi tijorat turini (partiyasini) chiqarish;
-
tovarni birinchi bor yetkazib berish va to„lovlarni olish;
-
ishlab chiqarish jarayonini standartlash;
-
mahsulotni ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, sifatini nazorat qi-
lishni tashkil etish;
-
innovatsiya jarayonlarini rag„batlantirish va innovatsiya
potensialini mus-
tahkamlash.
Dostları ilə paylaş: