2-ilova
Shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik
sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasining namunaviy
tuzilmasi
Inspeksiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
-
tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanishni mo„ljallagan ariza beruvchining huj-
jatlarini hamda buning uchun zarur bo„lgan asoslarni qabul qilish va ek-
spertizadan o„tkazish;
-
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muhandislik kommu-
nikatsiyalariga ulanish, turar joylarni noturar joy toifasiga o„tkazish,
obyektlarni qurish va rekonstruktsiya qilishga texnik shartlarni belgilangan tart-
ibda rasmiylashtirish uchun ularning vakolatlari doirasida majburiy tartibda
kelishiladigan va ruxsat olinadigan tegishli tashkilotlarni aniqlash;
-
yuqorida ko„rsatilgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni hisobga ol-
gan holda tadbirkorlik sub‟yektlarini davlat ro„yxatidan o„tkazish, reyestrni
yuritish, shuningdek, ularni soliq va statistika organlarida hisobga qo„yish;
-
ariza beruvchiga barcha ruxsat beruvchi hujjatlar bilan uning tadbirkorlik
sub‟yekti sifatida davlat ro„yxatidan o„tkazilganligi to„g„risida guvohnoma ber-
ish;
-
yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni ro„yxatdan
o„tkazish kitobi bilan ta‟minlashda adliya idoralari bilan o„zaro hamkorlik qi-
lish.
Inspeksiya yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi vazifalarni
amalga oshiradi:
-
davlat ro„yxatidan o„tkazish uchun, shuningdek, tugatilishi munosabati bilan
davlat reyestridan chiqarish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish va ek-
spertizadan o„tkazish;
-
tadbirkorlik subyektlarining davlat reestrini yuritish;
INSPEKSIYA BOSHLIG’I
Ruxsat beruvchi hujjatlarni
rasmiylashtirish bo„limi
(sektori)
(2 kishidan 5 kishigacha)
Davlat ro„yxatidan o„tkazish va
hisobga qo„yish bo„limi
(mutaxassisi)
(1 kishidan 3 kishigacha)
58
-
tadbirkorlik subyektlarini soliq va statistika organlarida hisobga qo„yishni tash-
kil etish hamda muhr va shtamp tayyorlash uchun ichki ishlar organlarining
ruxsatnomasini olish;
-
statistika kodlari va soliq to„lovchining identifikatsiya raqamini ko„rsatgan
holda davlat ro„yxatidan o„tkazilganlik to„g„risidagi guvohnomani, shuningdek
muhr va shtamp tayorlash uchun ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini tad-
birkorlik subyektlariga berish;
-
yilning har choragida ro„yxatdan o„tkazilgan va hisobda turgan ro„yxatdan
o„tkazilgan tadbirkorlik subyektlari sonini soliq va statistika organlari bilan
solishtirish;
-
obyektlarni qurish, qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun vako-
latli organlarda va foydalanish tashkilotlarida ruxsat beruvchi (chiqish-
ruxsatnoma) loyiha oldi hujjatlarini, shu jumladan geodeziya-topografiya
kartasi, arxitektura-rejalashtirish topshirig„i va muhandislik kommunikatsiya-
lariga ulanish uchun texnik shartlarni rasmiylashtirish;
-
obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun tegishli rux-
satnoma olib berilishini ta‟minlash;
-
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun turar joylarni noturar joylar
toifasiga o„tkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni tezkor ravishda
rasmiylashtirish;
-
yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni ro„yxatdan
o„tkazish kitobi bilan ta‟minlash:
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro„yxatidan o„tkazish va ruxsat beruvchi
hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog„liq boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Inspeksiyaning tadbirkorlik subyektlarini davlat ro„yxatidan o„tkazish
(taqdim etilgan hujjatlarni ekspertiza qilish) va davlat reyestrini yuritishga doir
vazifalari Davlat ro„yxatidan o„tkazish va hisobga qo„yish bo„limi (mutaxassisi)
tomonidan (Tadbirkorlik subyektlarni davlat ro„yxatidan o„tkazish, hisobga
qo„yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to„g„risida Nizom)
ga asosan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy shaxs sifatida ro„yxatdan o„tkazish
uchun ro„yxatdan o„tkazuvchi organga (shaxsan kelib yoki pochta orqali) mazkur
Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza taqdim etiladi. Davlat ro„yxatidan
o„tkazish to„g„risidagi arizaga:
-
ta‟sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi (davlat korxonalari
negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini ro„yxatdan o„tkazish uchun
notarial tasdiqlangan ta‟sis hujjatlari talab etilmaydi);
-
tadbirkorlik subyektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat (fermer va
dehqon xo„jaliklari, shuningdek? davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan
jamiyatlar bundan mustasno);
-
belgilangan tartibda shaharlar (tumanlar) statistika organlari tomonidan berilgan
firma nomi to„g„risidagi guvohnoma;
-
muhr va shtamp eskizlari uch nusxada ilova qilinadi.
59
Huquqiy shaxs bo„lmasdan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektini davlat
ro„yxatidan o„tkazish arizaga ilova qilinadigan quyidagi hujjatlar asosida amalga
oshiriladi (1a-ilova):
-
yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro„yxatidan o„tkazish uchun;
-
3 x 4 sm o„lchamli ikkita fotosurat;
-
ro„yxatdan o„tkazish yig„imining belgilangan miqdori to„langanligi
to„g„risidagi bank to„lov hujjati;
-
muhr va shtamp eskizlari uch nusxada (yakka tartibdagi tadbirkor xohishiga
ko„ra);
-
dehqon xo„jaligini davlat ro„yxatidan o„tkazish uchun:
-
qishloq xo„jaligi kooperativi (shirkat xo„jaligi) umumiy yig„ilishining yoki
yuqori boshqaruv organining yohud boshqa qishloq xo„jaligi korxonasi ish
beruv-chisi (ma‟muriyati)ning xo„jalik tashkil etish to„g„risidagi qarori;
-
muhr va shtamp eskizlari (ariza beruvchining xohishiga ko„ra).
Yakka tartibdagi tadbirkor va huquqiy shaxs bo„lmagan dehqon xo„jaligini
davlat ro„yxatidan o„tkazish uchun ariza berishda pasport ko„rsatiladi.
Tadbirkorlik sub‟ektlarini ro„yxatdan o„tkazish va hisobga olish, statistika va
soliq organlariga tag„dim etish uchun zarur bo„lgan tadbirkorlik sub‟ektlari
to„g„risidagi ma‟lumotlar «Tadbirkorlik subyektini davlat ro„yxatidan o„tazish,
hisobga qo„yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to„g„risidagi
Nizomiga
»
2, 2a, 4, 5, 5a, 5b, 6, 6a, 7-ilovalarda keltirilgan.
|