77
6.
Xatolaringizdan qo„rqmang, ruhingizni tushirmang, o„z hara-
katlaringizni ayovsiz tahlil qiling, qayerda xatoga yo„l qo„yganingizni aniqlang, tez
moslashuvchan va uddaburon bo„ling, xatolaringizni o„z vaqtida tuzatishga
odatlaning (harakat qiling).
Tabiiyki, sizning tadbirkorlik imkoniyatlaringizga
mos keluvchi tovarlar va
xizmatlar turlari tadbirkorlik g„oyasini tanlash obyekti bo„lib xizmat qiladi.
Tadbirkorlik g„oyasini tanlash, shakllantirish uslubi, ko„p jihatdan
ixtirochilik g„oyalarini izlashga o„xshab ketadi. Bu masalani hal qilishning bir
necha o„nlab usullari mavjud: morfologik usul, «fikrlar hujumi, IMEN (ixtirochilik
masalalarini yechish nazariyasi), nazorat savollarini og„zaki
tushuntirish va
boshqalar.
Tadbirkorlik g„oyasini tanlashda g„oyani har tomonlama o„rganish va tahlil
qilish usuli hisoblangan «fikrlar hujumi» asosida tadbirkorlik g„oyasini tanlash
maqsadga muvofiqdir.
Bu usulning mohiyati tovarlar va xizmatlar parametrlarini o„zgartirish
mumkin bo„lgan yo„llarni o„rganishda nostandart yondashishni rag„batlantirishni
ongli ravishda his qilishdan iborat. Bunda g„oyaning paydo bo„lish jarayoni uni
baholash va tahlil qilish bilan cheklanadi. Sababi, ko„tarib chiqilayotgan (taklif
qilinayotgan) g„oyaga qarata aytilayotgan tanqidiy mulohazalar g„oyani paydo
bo„lishiga to„sqinlik qiladi va to„xtatib qo„yadi. Ko„zlangan
maqsadni amalga
oshirish uchun qilinishi lozim bo„lgan ishlar to„g„risida maxsus kengash
o„tkazilishi tavsiya qilinadi, lekin shuni nazarda tutish lozimki, taklif qilinayotgan
g„oya qanchalik noo„rin bo„lishidan qat‟iy nazar uni tanqid qilishga ruxsat
berilmasligi kerak. Kengashdan so„ng barcha g„oyalar atroflicha o„rganib chiqiladi,
ma‟qullari tanlab olinadi, eng istiqbolli g„oyalarni ishlab chiqishga kirishiladi.
Yakka tartibda «fikrlar hujumi» o„tkazishni sinab ko„ring. Shunga o„xshash
muammolarni yechish tajribalari asosida tuzilgan ro„yxat va jadvallardan
foydalaning. «Fikrlar hujumi» jadvali sizning fikrlash
jarayoningizni boshqaradi,
mulohazalaringizga aniq yo„nalish beradi va ularning ketma-ketligiga erishishga
yordam beradi.
Siz biror-bir maxsus usullardan foydalanishingiz, hech qanday qonunlarga
amal
qilishingiz kerak emas, faqat miyangizga (aql-idrokingizga) har bir narsaga
iloji boricha sinchkovlik bilan qarashga imkon bersangiz yetarli.
«Fikrlar hujumi» so„rovlaridagi har bir savol jarayon yoki ishni, u yoki bu
turdagi mahsulotni yaxshilash mumkin bo„lgan yo„nalishni o„zida aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: