Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev



Yüklə 2,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/197
tarix02.12.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#137094
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   197
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

O‘yin rejasi 
Amaliy ish o„yini 4 soatga mo„ljallangan. 
1. Tadbirkorlik g„oyasini tanlash va shakllantirish
2. Tadbirkorlik va kichik biznesning iqtisodiy samaradorligi mohiyati va 
ahamiyati to„g„risida tushunchalarni mustahkamlash.
3. TG„ning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. 
4. Tadbirkorlik g„oyasini amalga oshirishdan kutilayotgan iqtisodiy samarador-
likni ko„rsatkichlar bo„yicha tahlil qilish. 
5. Mavzuni yakunlash va mustaqil ishlashga topshiriq olish. 
 
O‘yin shartlari 
 
1. Har bir o„yin qatnashchisida tadbirkorlik g„oyasini interfaol usullardan 
biri bo„lgan «Fikrlar hujumi» asosida tanlash usuli uchun tayyorlangan anketa 
so„rovlari bo„lishi shart. 
2. «Fikrlar hujumi» asosida g„oya tanlashda o„yin rahbari hakamlik qiladi. 
3. Rejalashtirilgan vaqtda barcha muammolarni hal qilishga ulgurish uchun 
tanlangan g„oyaning iqtisodiy samaradorligini baholovchi ko„rsatkichlar tizimini 
hisoblash uchun uslubiy ko„rsatmalar berilishi kerak. 
4. Guruh talabalari 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo„linadi. 
 
II-bosqich 
 
Muammo
: O„z imkoniyatiga mos keladigan tadbirkorlik g„oyasini tanlash. 


108 
Siz o„zingizning tadbirkorlik imkoniyatlaringizni hisobga olib, biznesning 
ma‟lum bir sohasini aniqladingiz. Endi siz tadbirkorlik g„oyasini tanlashingiz lo-
zim. 
Tadbirkorlik g‘oyasi
- bu siz tanlagan biznesning mazmuni, maqsadi, ishlab 
chiqariladigan mahsulot (xizmat)ning tavsifidir. Tadbirkorlik g„oyasi tadbirkorning 
salohiyati va imkoniyatlariga asoslanishi kerak. 
 
Biznesni tanlash qoidalari 
 
1. Men tadbirkor bo„lishni xohlayman va bo„la olaman, degan qarorga keling. 
2. Siz hamma vaqt: ovqatlangan paytingizda ham, sayr qilganingizda, gazeta va 
jurnallar o„qiganingizda, televizorda reklama tomosha qilganingizda va hatto ux-
lashga yotgan paytingizda ham biznesning qaysi turi bilan shug„ullanishingiz 
haqida o„ylang. 
1.
Siz tadbirkorlik salohiyatiga egasiz. Biznesning bir qancha sohasida 
faoliyat olib borishga imkoniyatlaringiz yetarli. Shu imkoniyatlaringizni tahlil 
qiling, o„zingizda yangi imkoniyatlarni qidiring. 
4. Sizda g„oya paydo bo„lgandan so„ng, u haqida doimo o„ylang, uni har 
tomonlama o„rganing, oydinlashtiring, takomillashtiring. 
5. Tanlagan g„oyangizni amalga oshirish yo„llarini shoshilmay, obdon o„ylang, 
qunt va g„ayrat bilan bajarishga kirishing. 
6. Xato qilishdan qo„rqmang, ruhingizni tushirmang, o„z xatti-harakatlaringizni 
ayovsiz tahlil qiling, siz qayerda xato qilganingizni tushunishga o„rganing, holatga 
moslashuvchan bo„ling, xatolaringizni o„z vaqtida tuzatishni biling. 

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin