Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


«Fikrlar hujumi» asosida TG‘ ni tanlash



Yüklə 2,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/197
tarix02.12.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#137094
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   197
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

 
«Fikrlar hujumi» asosida TG‘ ni tanlash 
 
Bu usul tovarlar va xizmatlar ko„rsatkichlarini o„zgartirish mumkin bo„lgan 
yo„llarini izlashga nostandart yondashishni rag„batlantiruvchi ong (aql)ni 
erkinlashtirishdan iborat. Bunda fikrning tug„ilishi uning natijasi va tahliliga 
bog„liq bo„lmaydi. 
Maxsus kengash o„tkazilib, aytilgan fikr va g„oyalar muhokama qilinadi
unda g„oyalar qanday bo„lishidan qat‟iy nazar tanqid qilishga yo„l qo„yilmaydi. 
Muhokamadan so„ng eng ma‟qul deb topilgan g„oyalar ustida ishlash davom ettiri-
ladi. 
«Fikrlar hujumi»ni o„tkazishga harakat qiling. Sizga quyidagi savolnoma 
yordam beradi. Bunda hech qanday maxsus usullardan foydalanmang, qonunlarga 
rioya qilmang, aql-idrokingiz yetganicha unga imkon bering. 
Savolnomaning har bir bandi ish jarayonini yoki mahsulotini yaxshilashga 
qaratilgan.
 
«Fikrlar hujumi» ni o‘tkazish uchun savolnoma 
 
1. Buyumning o„lchamlarini o„zgartirish mumkinmi? 
2. Uning miqdorini o„zgartirsa bo„ladimi? 


109 
3. Uning tarkibi va xarajatlar ketma-ketligini o„zgartirsa bo„ladimi? 
4. Vaqt birligini o„zgartirish mumkinmi? 
5. Sabab va oqibatlarini o„zgartirish mumkinmi? 
6. O„ziga xos xususiyatlarini o„zgartirish mumkinmi? 
7. Shaklini o„zgartirsa bo„ladimi? 
8. Harakatni o„zgartirsa bo„ladimi? 
9. Holati yoki sharoitini o„zgartirish mumkinmi? 
10. Sotish uchun biror-bir yangilik kiritsa bo„ladimi? 
11.
Ayni mahsulotdan foydalanmasdan ham shunday natijaga erishish mumkinmi? 
12.
Shu ishni umuman bajarmasdan ham shunday natijaga erishsa bo„ladimi?
13.
Mahsulot tayyorlash yoki ishni bajarishni yengillashtirsa bo„ladimi? 
14.
Jarayonlarni tezlashtirish uchun nima qilish mumkin? 
15.
Buni yana ham yoqimliroq qilsa bo„ladimi? 
16.
Buni yanada qulayroq qilsa bo„ladimi? 
17.
Buni yana ham bejirim va ixcham qilsa bo„ladimi? 
18.
Buzilmaydigan yoki mustahkamroq shaklga keltirsa bo„ladimi? 
19.
Buni xavfsizroq qilish mumkinmi? 
20.
Buni yana ham foydaliroq qilsa bo„ladimi? 
21.
Uni boshqa biror narsaga moslashtirish mumkinmi? 
22.
Uning foydaliligini oshirish uchun unga yana biror qo„shimcha qilsa bo„ladimi? 
23.
Buni yana ham ishonchliroq (mustahkamroq) qilsa bo„ladimi? 
24.
Qanday qilib uni samaraliroq qilish mumkin? 
25.
Uni arzonroq qilsa bo„ladimi? 
26.
Shu mahsulotning tashqi ko„rinishini yana ham chiroyli qilish mumkinmi? 
27.
Mahsulotdan foydalanish g„oyasini kengaytirib va ko„p maqsadlarda foydala-
niladigan qilsa bo„ladimi? 
28.
Uni boshqa kashfiyotlar bilan qo„shib, birgalikda rivojlantirsa bo„ladimi? 
29.
Uni foydalanish uchun qulay va ixcham qilish mumkinmi? 
30.
Uni ommalashtirishni yaxshilasa bo„ladimi? 
31.
Uning qadoqlanishini yaxshilasa bo„ladimi? 
32.
Yana qaysi xususiyatlarini yaxshilash mumkin?

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin