135
Yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni ixtisoslashtirilgan zavodlarga
berish natijasida seriyali va ommaviy ishlab chiqarishga sharoit yaratiladi, bu esa
har bir korxonaga ishlab chiqarish strukturasida presslash, payvandlash, quyish
uchastkalarini qisqartirishga imkon beradi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirish yo„llarini
tahlil qilish shuni ko„rsatadiki, kelgusida korxonalar tayyorlov va asbobsozlik
sexlari bo„lmagan hamda mexanika va ta‟mirlash sexlari qisqargan ishlab chiqarish
strukturasiga o„tishlari lozim. Bu esa ishlab chiqarishning yordamchi va xizmat
ko„rsatish jarayonlarida, ishlab chiqarish jarayonini tayyorlov va ishlov berish
bosqichlarida ishlovchilar sonini kamaytirishga imkon beradi. Bu o„z navbatida
mahsulot tannarxini pasaytiradi, ishlab chiqarish rentabelligini va foydani oshiradi.
Dostları ilə paylaş: