145
Ishlab chiqarishda potok usulning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
1)
tayyorlash texnologiyasi o„lchamlari bir-biriga yaqin hamda konstruktiv xossas-
iga qarab tanlab olinadi;
2)
potok usulini qo„llash uchun mahsulot ishlab chiqarish bir xil hajmda va bir-
biriga o„xshash ishlarga bo„linadi;
3)
ishlarni bajarilish ketma-ketligi aniqlanadi;
4)
bajariladigan ishlar ishchilar orasida ishlab chiqarish
jarayoniga qarab taqsim-
lanadi;
5) ishchi joylar kerakli bo„lgan xom ashyo va jihozlar bilan ta‟minlanadi.
5.2.2. Potok liniyalari tasnifi
Sanoat korxonalarida potok liniyalarining bir necha turlaridan foydalaniladi.
Potok liniyalari ularni tashkil qilishga ta‟sir ko„rsatuvchi belgilari: ishlab
chiqarishni
ixtisoslashtirish darajasi; ishlab chiqarish jarayonini sinxronlashtirish
darajasi, maromiylikni
saqlab turish usuli, mehnat qurollarini uzatish usuli, kon-
veyer
harakati xususiyati, operatsiyalarni bajarish joyi,
mehnatni mexanizatsiya-
lashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko„ra tasniflanadi (5.2 - jadval).
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga ko„ra potok liniyalari
quyidagilarga bo„linadi. Bir
predmetli potok liniyalari deb, bir turdagi detal yoki
buyumga uzoq davr mobaynida ishlov beriladigan liniyalarga aytiladi.
Bunday
liniyalar ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda qo„llaniladi. Ko„p predmetli
potok liniyalari deb, konstruksiyasi va ishlov berilishi bo„yicha o„xshash bo„lgan
detallar yoki buyumlarni bir vaqtda yoki ketma-ket tayyorlanishiga aytiladi. Potok
liniyalarini tashkil qilishning bu shakli o„rta seriyali va yirik seriyali ishlab
chiqarishda keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: