O’tkan kular” romanida quyidagi portretlar kimlar haqida
1. Og’ir tabiatlik, ulug’gavdalik, ko’rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko’zlik,, mutanosib qora qoshliq…
Otabek
2.Gavdga kichik, yuzga to’la ozroqqina soqol mo’rtlik, 25 yoshlar chamaliq bir yigit. Rahmat
3. Uzun bo’ylik, cho’tir yuzlik, chag’ir ko’zlik, chuvoq soqol, 35 yoshlar chamasidagi ko’rimsiz bir yigit.
Homid
4.Choziq yuzlik, do’ngroq peshonalik, sariqqa moyil, to’garak qora ko’zlik, oppoq uzun soqollik.
Hasanali
5.Qirq besh –ellik yoshlar chamasida qora qosh, qora ko’z, ko’rkam yuz, yaxshigina kiyingan bir kishi.
Mirzakarim qutidor
6.Atlas ko’ylak ustidan odmi atlas guppi kiygan, boshiga oq dakanaki xom tashlag’an 35 yoshlar chamaliq go’zal, xushbichim bir xotin.
Oftob oyim
7. Kipriqk ostidagi tim qora ko’zlari bir nuqtaga tikilganda, nimadir bir narsani ko’rgan kabi. Qopqora kamon, o’tib ketgan nafis, qiyiq qoshlari chimirilganda nimadir bir narsadan cho’chiga kabi. To’lgan oydek g’uborsiz oq yuz biroz qizillkka aylanganda kimdandir uyalgan kabi…
Kumush
8. Boshiga ko’k salla chulg’agan, egniga O’ratepaning bosmasidan chakman, beliga
kumush kamar bog’lab kumush qinlik qilichini tizzasiga bosgan, qora tanlik bo’lsa ham,
ko’knorimi, taryakmi iste’molidan yuzi sarg’aygan.
Xoliqbek qo’rboshi
9. 15 Yoshlar chamaliq, duxobadan kiyingan ko’rkam bir o’g’lon.
Ahmadxon
10. To’la yuzlik, o’siq qoshliq, og’ir qarag’uchi ko’zlik, siyrak soqol, o’rta bo’yliq, ustidan
kimxob to’n kiygan, beliga qilich osgan 45 yoshlar chamasidagi bir kishi.
O’tabboy qushbegi
11. Boshiga oq shohidan salla o’rab olgan, oyoqlarini kumush uzangiga tiragan, siyrak
qoshlik, choqqi soqol, bug’doy ranglik, 45-50 yoshlar chamaliq bir kishi..
Azizbek
12. Qoshsiz qoramtir yuzlik, ikki chakagining ustida biroz , iyagida biroz siyrak ko’rimsiz qora soqollik, ko’zlari ichiga botig’roq, ammo qon quyulgansimon bir kishi.
Rayimbek dodxoh
13.Oltin sopliq qilichni tizzasi ustiga ko’ndalang qo’yib, qizil duxobadan tikilgan po’stin kamzul ustidan adras to’n kiygan, boshiga simobi shohi salla o’ragan 18 yoshlar chamaliq, cho’ziqqina yuzlik, bo’g’doy ranglik xon.
Xudoyor
14. O’ratepa chakmoni ustidan qayish kamar bog’lab, soddagina qilich taqing’an, boshiga oq
barra popoq kiyib, basharasidagi burni yuzi bilan bir qatorda deyarlik tekis yaratilg’an, o’rtacha soqol, qisiq ko’z, bug’doyrang, o’rta yoshliq bir qirg’iz.
Musulmonqul
15. Yerdan bichib olgandek pak-pakana, burni yuzi bilan barobar deyarlik tep-tekis, ko’zi qoqqan qoziq o’rnidek chup-chuqur, og’zu qulog’I bilan qoshiq solishar darajada juda katta, yuzi qirq-yillik og’riqlarnikidek sa-sariq, 45yoshlar chamasidagi bir xotin.
Jannat
16. 22 yoshlar chamasidagi bo’lgan bu yigit sariq tanlik, ukkining ko’zidek chaqchayib, o’ynab va yonib turgan, qizil ko’zlik, yuziga parchinlangandek yuza burunlik, manglayi qancha tashqarig’a o’sib chiqqan bo’lsa, yuzi o’shancha ichkariga ketgan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolingan bir maxluq.
Sodiq
17. Uzun bo’ylik, qotmaroq va zarcha tanlik.
Xushro’y
18. Qisqa bo’y, go’shtdor, oq tanlik.
Zaynab
Dostları ilə paylaş: |