2-qadam.
Dasturni o‘rnatib olganimizdan so‘ng
uni ishga tushuramiz va
shaxsiy kompyuterimizning xususiyatlarini ko‘rib olamiz (1.3-rasm).
1.3-rasm. AIDA64.exe dasturi ishchi oynasi
1.4-rasm. AIDA64.exe dasturi yordamida shaxsiy kompyuterning xususiyatlarini
ko‘rish
Kompyuter bizning hozirgi kunda hayotimizga muhim ahamiyat kasb etar
ekan biz ushbu kompyuter va uning arxitekturasi haqida ma’lumotlarga ega
bo‘lishimiz kerak.
Yuqorida amaliy qismda keltirilgan AIDA64.exe dasturi yordamida shaxsiy
kompyuterimiz xususiyatlari haqidagi barcha ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
Topshiriqlar
1.
Shaxsiy kompyuteringizning asosiy qurilmalari haqidagi
malumotlarni jadval
asosida taqdim eting va izoh bering.
2.
Ushbu topshiriq kichik guruh bo‘yicha tasniflanadi. Kompyuterni quyidagi
tasnifga ko‘ra tanlang:
1-guruh:
ofis
dasturlar uchun, video, audio ma’lumotlarni qayta ishlash
uchun.
2-guruh:
video va tasvirlarni qayta ishlash uchun.
3-guruh:
qo‘shimcha grafik protsessorga ega bo‘lgan kompyuter.
4-guruh:
o‘yinlar va ilovalarni ishlab chiqish uchun.
5-guruh:
yuqori unumdorlikka ega kompyuter.
3.
Guruhlar kesimida tasniflangan vazifalarni hamda
shaxsiy kompyuteringizni
asosiy xususiyatlarini jadval asosida keltiring.
1.1-jadval
Shaxsiy kompyuter xususiyatlari
Kompyuter model
Protsessor
Protsessor razryadi
RAM (Tezkor xotira)
Video karta (qo‘shimcha protsessor)
...
4.
Topshiriq natijasi (dastur bajarilayotganda kompyuter ekranini rasm olib)
hisobotga qo‘shish.
Hisobot shakli
1.
Amaliy ishning nomi.
2.
Kompyuter va uning tashkil etuvchi qisimlari.
3.
Nazariy ma’lumotlar ya’ni topshriqni bajarishda foydalanilgan funksiyalar
tavsifi.
4.
Topshiriqlarda berilgan guruhlar kesimida tasniflangan vazifalar mosligi.
5.
Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.
6.
Talab etiladi:
Matn muharriri - Microsoft Word, shirift - Times New Roman,
oraliq interval - 1.5, o‘lchami - 14.