O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
JO„RAEVA SOHIBJAMOL NORQOBILOVNA
YUNUSXODJAEV ZOIR SHOKIROVICH
KASBIY PSIXOLOGIYA
o„quv qo„llanma
5111000 - Kasb ta‘limi (5410200-Agronomiya) bakalavr
5111000 - - Kasb ta‘limi (5430100-Qishloq xo‗jaligini mexanizatsiyalash)
5111000-Kasb ta‘limi (5430200-Qishloq xo‗jaligini
elektrlashtirish va
avtomatlashtirish)
TOSHKENT-2014
Annotatsiya
Kasb psixologiyasi
insonda kasbga doir bilim, ko‘nikma, malakalarni hamda
ulardagi mavjud tushuncha va tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.
Ushbu
o‗quv qo‘llanmada kasb psixologiyasining predmeti, maqsad,
vazifalari, sharq
allomalari, psixologlarning kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish, kasbga moslashish
borasidagi fikrlari, kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari, kasb tushunchasi
va professiografiya, kasbiy
motiv va motivasiya, shaxsning kasbiy kamoloti va
boshqa ilmiy nazariy ma'lumotlar joy olgan.
O‗quv qo‗llanmada talabalarning kasbiy psixologiya
sohasida mustaqil
bajaradigan ishlari va uning turlari, mazmuni, talabalarning o‗z-o‗zini
tarbiyalashi va bilim olishida mustaqil ishlashning roli ochib beriladi.
Bundan
tashqari talabalarning mustaqil ish olib borish samaralari: referatlar,
kasb va
shaxs psixologiyasiga doir yozma ishlar, bibliografik ko‗rsatkichlar,
annotatsiyalar va fan bo‗yicha mavzular keng qamrovli yoritilgan.
O‘quv qo‘llanmadan oliy o‘quv yurtlari
pedagogika va psixologiya
yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalar va sohaga qiziqqan keng
kitobxonlar jamoalari foydalanishlari mumkin.