Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/77
tarix14.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#128139
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
118049 (1)

Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar 
1. Fanning maqsad va vazifalari 
2. Kasbiy tanlov va kasbga yaroqlilikni (layoqatini) aniqlash.
3. Kasb psixologiyasini shakllanish tarixi 
4. Kasbiy shakllanishini ta‘minlashga to‗siq bo‗luvchi omillar
5. K.Farrenning shaxs yashovchanlik sifatlariga
6.  K.Farren kasbning yashovchanlik ko‗rsatkichlarini sanang. 
 


KASB PSIXOLOGIYASINING ILMIY TADQIQOT METODLARI 
Metod so‗zi – yunoncha methodos bo‗lib tadqiqot, tekshirish degan 
ma‘noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo‗l, usul so‗zlarini ham 
kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham 
qo‗llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, 
uning rivojlanishi uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlarni to‗plashdagi 
qo‗llaniladigan tadqiqot metodlari haqida so‗z boradi.
Tadqiqiy metodlarning 2 ta turi mavjud
1. Longityud 
2. Kesimli
Longityud metodi – ma‘lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil 
belgilariga ko‘ra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam o‘rganishni 
nazarda tutadi. Kesimli metod – ma‘lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning 
turli guruhlariga nisbatan taqqoslash xosdir. Bu metod orqali sinovdan 
o‘tayotgalarning ko‘p miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olishi mumkin. 
Kesimli tadqiqotlarni o‘tkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng 
qo‘llaniladi. Longityud metodi - kasbiy shakllanishda individual yo‘lni 
o‘rganishga yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obro‘ orttirishi 
uning faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi. Psixologiyada 
qo‘llaniladigan tadqiqot usulari kelib chiqishiga ko‘ra umumpsixologik 
ko‘rinishga ega, lekin spesifik xususiyatiga ega emas. Kasb psixologiyasi yosh 
psixologiyasiga yondosh ekanligini hisobga olsak, bu o‘z navbatida shakllanib 
bo‘lgan metodlarni o‘zlashtirishga olib keladi. Barcha tadqiqotlarda keng 
doirada metodlarni qo‘llash o‘ziga xos tadqiqiy metodlarni yaratilishiga olib 
keladi. Kasb psixologiyasi tadqiqot metodlarining tizimlanishi, ularning 
qo‘llanishi sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini ko‘rib chiqish 
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Psixologiya fanida yagona umuman olganda, 
tadqiqotlar metodlarining to‘liq tasnifi mavjud emas. Ko‘pincha, alohida 
metodlar yoki psixologiyada ma‘lum muammoni hal etishga tavsiya etiladigan 
metodlar ro‘yxati beriladi. 


Psixologiyaning metodlar tizimini tahlil etgan olimlar quyidagi metodlar 
guruhini taklif etadi. 
1. Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya‘ni tashkiliy 
metodlar. 
2. Dalillar to‘plash, ilmiy ma‘lumotlar olishga qaratilgan empirik 
metodlar(usullar). 
3. Ma‘lumotlarni qayta ishlash usullari 
4. Interpretasion metodlar(usullar). 
Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi usullarini 
ajratishadi:
1. 
Sub‘ektiv metodlar (o‘zini o‘zi kuzatish);
2. 
Ob‘ektiv metodlar (kuzatishning xar xil turlari; eksperimental, 
testlar, savol-javob, so‘rovnomalar).
Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining tasniflanishini 
(klassifikasiya) taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi mavjud 
metodlarini sanab o‘tish bilan chegaralanadilar. Bu esa o‘z navbatida aniq ilmiy 
tasniflanishning mavjud emasligi, psixologiyada metodlarning ko‘pligi hamda 
bir tizimga solinmaganligi bilan izohlanadi. Yosh va pedagogik psixologiyaning 
metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni tasniflashning asosi sifatida muhim 
jihatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 xil shaklga ega: tasvirlash, 
o‘lchash,
tushuntirish va psixik hodisani shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq 
metodlarning 4 ta guruhi taklif etiladi: noeksperimental (klinik), diagnostik
eksperimental va shakllantiruvchi.
Shunday qilib kasb psixologiyasi oldida quyidagi tadqiqiy masalalar 
turibdi:
1 guruhi - shaxsning kasbiy shakllanishi bu murakkab, ba‘zida esa dramatik 
jarayonning psixologik xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Bu jarayonni tadqiq 
etish uchun longityu‘d, savol-javob, psixobiografiya, tanqidiy voqealar 


metodlarini qo‘llash to‘g‘ri bo‘ladi. Bu metodlar guruhini genetik metodlarga 
kiritishi mumkin.
2 guruhi - kasblarning psixologik tavsifi, kasbning psixologik mazmunini 
tadqiq etish, faoliyat mahsuldorligini o‘rganish, mehnat metodi, hujjatlarni 
o‘rganish, kuzatilayotganlarni savol-javob orqali o‘rganish metodi, shuningdek, 
professiografiya yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu uslublar guruhi 
praksimmetrik uslublarga tegishlidir.
3 guruhi - muhim kasbiy ko‘rsatkich faoliyat va shaxs belgilarini o‘lchash. 
Bu tadqiqiy masalani hal qilish uchun maxsus qobiliyat testlari, muvaffaqiyat va 
ta‘lim testlari qo‘llaniladi. Bu psixometrik usullar guruhidir.
4 guruhi - kasbiy shakllanishning xususiyatlarini, qonuniyat va 
mexanizmlarini tushuntirishdan iborat. Bu vazifani bajarish usullari 
eksperimental usullardir: ya‘ni labaratoriya, modellashtiruvchi va tabiiy 
eksperimentlardir.
5 guruh - usullari tadqiqiy ma‘lumotlarga miqdoriy ishlov berishga 
yo‘naltirilgan. Ularga matematik ishlov berish usullari kiradi: ya‘ni 
korrelyasion, faktorli tahlil va boshqalar. Kasb psixologiyasining tadqiqot 
metodlari umumiy tarzda quyidagi jadvalda aks ettirilgan. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin