Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Matematik ishlov berish usullari



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/77
tarix14.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#128139
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
118049 (1)

Matematik ishlov berish usullari 
Miqdoriy ma‘lumotlarga ishlov berish usullariga tadqiqot 
xulosalarini chiqarishning statistik usullari hamda ular o‘rtasidagi ma‘lum 
aloqalarini aniqlash, ilgari suralgan gipotezaning haqqoniyligini tekshirish 
kabilar hisoblanadi. Natijalarga matematik ishlov berish, tadqiqotlarning 
isbotlanganligini (reprezantliligi) tanlab beradi.
Sifat ko‘rsatkichlarining miqdoriy ishlov berilganlik bilan bir 
qatorda psixologik tadqiqotning ob‘ektligi sezgilari darajada oshiriladi. Tadqiqot 
usullarining 
to‘g‘riligi 
nafaqat 
qo‘llanilgan 
matematik 
apparatning 
takomillashganligiga balki, o‘rganayotgan hodisa va ob‘ektlarni real miqdoriy 
tavsiflarini qay darajada aks etishiga bog‘liq. Bu talablarga rioya etmaslik, 
matematik o‘lchovni oddiy formulalar o‘yiniga aylantiradi. 
Ta‘lim yoki tarbiyaning u yoki bu amallarini yoki tomonlarini baholash 
uchun miqdoriy belgilarni topish - matematik muammo hisoblanmaydi. Bu 
vazifani tadqiqotchi psixologlar hal etishi kerak. Ammo bu masalani hal etish 
uchun o‘lchov usullarining qo‘llash chegaralari va sharoitlarini hisobga olib, 
psixologik hodisalarni to‘g‘ri o‘lchash kerak bo‘ladi. O‘lchov – ma‘lum 
qoidalarga muvofiq voqealar va ob‘ektlarga raqamlarni qo‘yib, yozish raqamli 
tavsiflarni, narsa - buyum va hodisalarga qo‘shilib yozilishining eng oddiy 
metod - ularni qayd etishdir. Qayd etishning mohiyati shundaki - qandaydir 


belgini ajratib kuzatish va eksperimentda shu belgisi bo‘lgan predmet yoki 
hodisa paydo bo‘lsa shu holat muntazam qayd etib boriladi. Masalan, o‘qish 
sabablarini o‘rganishda so‘rovnoma asosida javobning u yoki bu variantini 
tanlangan talabalar sonini aniqlashadi qayd etish natijalariga statistik ishlov 
berish o‘rganilayotgan hodisalarga nisbatan ayrim muhim umumlashgan va 
xulosalarni qilish imkonini beradi. Qayd etishning muhim xususiyati shundaki, u 
psixologik - pedagogik tadqiqotlarda ko‘p uchraydigan qol bo‘lib, ya‘ni 
o‘rganilayotgan xodisalarning belgilarini aniqlash, imkoni bo‘lmagan hollarda 
ham miqdoriy jihatlarini tahlil qiladi. Masalan talabalarning bilim va malakalari 
darajasini, u yoki bu ma‘naviy sifatlarining rivojlanishi bu ta‘lim metodining 
samarali darajasini to‘g‘ri o‘lchash qiyin. Ammo shunga tegishli voqealarni - 
xatolar, o‘zini tutishi va hokazolarni qayd etib, bu sifatlarning ma‘lum miqdoriy 
tavsifini olish mumkin. Demak, ular paydo bo‘lishining qonuniyatlarini 
o‘rganish mumkin. Ma‘lumotlarga miqdoriy tavsif berishning keyingi metodi - 
tartibga solish operasiyasidir. Uning mohiyati shundaki, o‘rganilayotgan 
hodisalar ma‘lum belgi hajmining o‘sish yoki pasayish tartibida joylashadi. 
Keyin ob‘ektlarning har qaysi guruhiga o‘sish yoki pasayish qatoridagi bir guruh 
o‘rniga tegishli bo‘lgan son bo‘ladi. Bu ob‘ektlarda o‘rganilayotgan sifatning 
tartibini ko‘rsatib beruvchi sondir. Ma‘lumotlarni tartibga solgandan keyin 
ularni guruhlashadi. Buning uchun o‘rganilayotgan sifat ma‘nosini ma‘lum 
intervali o‘lchov belgisi deb qabul qilinadi. O‘rganilayotgan hodisalarda belgi 
ma‘nosi necha marta shu o‘lchov birligi kuzatilayotgan ob‘ektda namoyon 
etilishi son bilan belgilanadi. Ma‘lum sabablarga ko‘ra, matematik apparatni 
qo‘llashda va o‘lchovda qiyinchiliklar kelib chiqadi. O‘lchov natijasida olingan 
miqdoriy sifatlar matematik statistika usullari yordamida ishlab chiqiladi va bu 
empirik natijalarni umumlashtirishga ―Tasodifiy‖ natijalar sababini 
tushuntirishga unga ma‘lum ishonarli izoh berishga imkon beradi. Amaliy 
psixologiyada miqdoriy ma‘lumotlarga ishlov berishning eng keng tarqalgan 
usullari - dispersion, korrelyasion va faktorli tahlil usullaridir. Dispersion tahlil - 
o‘rganilayotgan o‘zgaruvchiga turli omillarning ta‘sirini tahlil etish imkonini 


beruvchi 
statistik 
usuldir. 
Dispersion 
tahlilning 
mohiyati 
shundaki 
o‘rganilayotgan sifat mustaqil tarkibiy qismlarga bo‘linib ketadi, bu qismlarning 
har biri u yoki bu omilning yoki o‘zaro aloqaning ta‘sirini tavsiflab beradi. 
Korrelyasion tahlil - o‘rganilayotgan sifatlar yoki omillar aloqasining shakli, 
belgisi yoki zichligini baholash statistik metoddir. Faktorli tahlil - ko‘p o‘lchovli 
matematik statistika metod bo‘lib, bu usul statistik jixatdan bog‘liq sifatlarni 
o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu usul ilmiy tadqiqotlarning boshlang‘ich 
bosqichlarida sermahsul hisoblanadi, chunki bu paytda o‘rganilayotgan sohadagi 
qonuniyatlarni ajratish kerak bo‘ladi. Tadqiqotlarga matematik ishlov berishning 
boshqa metod ham mavjud. Biz eng ko‘p tarqalgan usullarini ko‘rib chiqdik. 
Tadqiqot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, matematik ishlov berish ko‘pgina muhim 
psixologik tavsiflarni, ularning aloqalari, munosabatlari, qonuniyatlarini 
o‘rnatish va tasvirlashning samarali vositasi hisoblanadi. Tadqiqot usullarini 
tavsiflash xulosalarida shuni ta‘kidlash kerakki, ayrim usullarni boshqalariga 
qarama-qarshi qo‘yish yoki qaysilarinidir imkoniyatlarini absolyutlashtirib 
bo‘lmaydi. U yoki bu usulni tanlash tadqiqot predmeti va vazifalari bilan 
belgilanadi. har qaysi psixologik tadqiqotlarda o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi va 
haqqoniy xulosalar chiqarish imkonini beruvchi usullar kompleksi qo‘llaniladi. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin