Kasbiy psixologiya fani talabalar 1-kursda o‗rganadigan fanlardan biri
bo‗lganligi va talabalar kasbiy psixologik bilimlarni o‗zlashtirishda bir qadar
qiyinchilik tug‗diradi. Birinchidan talabalar qator ilmiy notanish terminlarga
duch keladilar, ikkinchidan talabalar ilmiy adabiyot ustida ishlash metodikasini
yaxshi bilmaydilar. Shu sababli kasbiy psixologiyani o‗qitish jarayonida
talabalarga aqliy mehnat metodlari va usullarini o‗rgatib borishga to‗g‗ri keladi.
Uchinchidan, kechagi maktab o‗quvchisi, ishchi, rassom, hunarmand, fermer va
birinchi kursda talaba sifatida kamol topa boradi. O‗qituvchi talabalarda o‗qitish
jarayonini shakllantirish bilan birga ularning o‗z-o‗zini tarbiyalashiga imkon
yaratishi lozim.
Modomiki shunday ekan, fanni o‗qitish jarayonida talabalar oldiga tarbiya
va o‗z-o‗zini tarbiyalash vazifalarini qo‗yish bilan birga bu vazifalarni hal qilish,
ya‘ni talabalarning mustaqil ishlashini yo‗lga qo‗yishda ularga yordam berish,
bilimlarni o‗zlashtirish metodikasini, o‗z-o‗zini tarbiyalash metodikasini
o‗rgatish kerak.
Dostları ilə paylaş: