Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/77
tarix14.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#128139
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77
118049 (1)

 
Tafakkur operatsiyalari. Tafakkur jarayoni maxsus aqliy operatsiyalar 
ko‗rishishida yuzaga keladi. Ular asosida bunga yangi fikrlar, tushunchalar, 
xulosalar paydo bo‗ladi. Ular quyidagilardan iborat: 


1. 
Taqqoslash. Bu fikrlash operatsiyasi bo‗lib, predmet va xodisalar 
orasida o‗xshashlik va farqlar, tenglik va tengsizliklar, qarama-qarshiliklarni 
nomoyon bo‗lishida ko‗rinadi. 
2. Analiz (taxlil)- yaxlit predmetlarni qismlarga bo‗lish va ularni 
alohida xususiyatlari va elementlarini ajratish. 
3. Sakrash haqida o‗ylar ekanmiz xayolan uni biz –yugurish,itarilish, 
uchish fazasiz, erga tushish kabi qismlarga ajratib analiz (tahlil) qilamiz. 
4. Sintez – analiz (tahlilga) qarama-qarshi operatsiya bo‗lib, unda 
analiz jarayonida ajratilgan bo‗laklar asosida predmet yaxlitlanadi. 
5. Masalan yugurish, itarilish, uchish fazasi, erga tushish kabi 
qismlarning yaxlitlanishida sakrash yuzaga keladi. 
6. Mavhumlashtirish – ob‘ektdan biror-bir xususiyatni aqliy ajratishda 
nomoyon bo‗ladigan fikrlash operatsiyasidir. Masalan, doskaning qoraligi, 
hamda harakatlanish haqida fikrlash. 
7. Umumlashtirish – o‗xshash, bog‗liq xususiyatlarni bir tushunchaga 
jamlash, ya‘ni bir turdan predmetlarni fikran birlashtirish. Masalan, olma, 
olxo‗ri, uzum, nok-mev: dararaxt, gul, o‗t-o‗simliklar. 
8. Ammo umumlashtirish va mavxumlashtirish konkretlashtirish kabi 
ularga qarama-qarshi operatsiyani yuzaga kelishiga sabab bo‗ladi. Masalan, 
umumlashgan ―uy hayvonlari‖ tushunchasi, ―ot, ―qo‗y‖, ―mushuk‖kabi 
tushunchalarda konkretlanadi. Konkretlashtirish mavjud bo‗lmasligi o‗quvchi 
bilimida formalizmni yuzaga keltiradi. 
Klassifikatsiya umumiy, o‗zlash xususiyatli predmet va narsalarni 
guruhlarga bo‗lish. 
Masalan, kutubxonada kitoblarni joylashtirish, fanlar klassifikatsiyasi. 
Sistemalashtirish umumiy qonuniyatlarga asosan fikran guruhlarga 
bo‗ligan predmetlarni tartibga keltirish, sistemalashtirish belgilari-
xronologik, fazoliy, mantiqiydir. 
Tafakkurning mantiqiy shaklli tafakkur jarayonida alohida fikrlash 
operatsiyalari asosida bilan alohida fikrlar xukm sifatida yuzaga keladi. 


Hukm – tugallangan fikrdir. Xukm –predmet yoki xususiyatni tasdiqlash 
yoki nikor etish bilan bog‗liq fikrdir. 
Masalan, ―Toshkent – O‗zbekiston poytaxti‖, ―Tosh suvda suzmaydi‖. 
Hukmning quyidagi turlari mavjud: birlamchi (yagona predmet haqida), 
xususiy yoki qismiy (predmet yoki xodisa qismiga xos), umumiy (umuman 
predmet haqida).
Xulosa – tafakkurning mantiqiy shakli bo‗lib, bir necha ma‘lum xukmdan 
yagona xulosa qilinadi. Xulosalar – induktiv, deduktiv, analogiya turlariga 
bo‗linadi. 
1. 
Induktiv xulosa –bir necha birlamchi xukmlardan yagona xulosa 
qilishdir. Masalan, ―Daraxt qizdirilganda kengayadi‖, ―Temir qizdirilganda 
kengayadi‖, ―Suv istilganda kenayadi‖, xulosa ―barcha jismlar qizdirilganda 
kengayadi‖. 
Deduktiv xulosa – umumiy xukmdan birlamchi xukmga xulosa qilinadi. 
―Barcha metallar elektr tokini yaxshi o‗tkazadi: Alyuminiy metall‖. Demak 
―alyuminiy – yaxshi elektr o‗tkazuvchidir‖. 
Tushuncha. Tafakkur jarayonida tushunchalar paydo bo‗ladi, ular o‗zaro 
bog‗liqlik va munosabatlarni yanada aniqroq, chuqurroq anglashga imkon 
beradi. Biror bir predmet yoki xodisaning tushunchasini bilish – bu bir necha 
xukmga ega bo‗lishidir. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin