2. Fikrlash kengligi (keng va tor) fikrlashning kengligi va chuqurligi
nazariya va amaliyotning uzviyligiga bog‗liqdir. Amaliyot, xukmning to‗g‗riligi
mezonidir.
3. Fikrlashning mustaqqilligi – umumiy tajribani qo‗llay olish, shaxsiy
fikrga ega bo‗lishi, tajribaga munosabat bildirish
4. Aqliy tashabbuskorligi.
5. Aqliy egiluvchanligi, vazifani standart echishdan qochish.
6. Aqlning tanqidiyligi, o‗z ishini aniq baholay olish, uni o‗lchash.
7. Aqlining mahsuldorligi.
8. Fikrning ketma-ketligi.
9. Tafakkurning tezligi.
Aql haqida ayrim olimlar va arboblarning fikrlarini keltiramiz.
―Urg‗u aql egalari o‗z oldilariga maqadga qo‗yadilar, qolgan odamlar o‗z
istaklari ortidan ergashadilar‖ (Vashington Irving).
―Aql – bu yaxshi tashkil etilgan bilimlar tizimidir‖
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida
jismoniy individual (yakkahol) shaxs turadi. Holbuki shunday ekan, har bir kasb
tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning
uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini
amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy
ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks
holda umumiy xususiyatli yo‗llanma, ko‗rsatma ijobiy natijaga olib kelmaydi,
chunki individuallik o‗ziga xos talablarni taqozo etadi. Hatto oddiy kasb maorifi
ham turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni qondirmasdan turib tub
maqsadga erishib bo‗lmaydi.
Kasbga yo‗llash umumdavlat ahamiyatiga ega muammo hisoblanib, uni
bosqichma – bosqich amalga oshirish «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da
alohida o‗rin egallaydi. YUqorida aytib o‗tilgan kasb tanlashga yo‗llash omillari
faoliyatini hamkorlikka aylantirish yuksak samaralar sari etaklaydi.
Dostları ilə paylaş: