Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/77
tarix14.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#128139
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77
118049 (1)

 Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi 
Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb 
vazifalaridan biri layoqat kurtaklarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt 
darajasiga ko‗ra shaxs qobiliyatlari yo‗nalishini ochib berishdir. SHuning uchun 
ham hozirda ko‗plab intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari 
ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo‗llanmoqda.
Qobiliyatlarni o‗lchash muammosi X1X asrning oxiri - XX asrning 


boshlariga kelib izchil hal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, 
Bine, Ayzenk va boshqalar tomonidan o‗rganildi. Ular qobiliyatlar va iqtidorni 
o‗rganish uchun maxsus testlardan foydalandilar. Bu testlarning umumiy 
mohiyati shundaki, ularda topshiriqlar tizimi tobora qiyinlashib boruvchi 
testlar-topshiriqlar batareyasidan iborat bo‗ladi. Masalan, Ayzenkning mashxur 
intellekt testi 40 ta topshiriqdan iborat bo‗lib, u intellektual jarayonlarning 
kechishi tezligini o‗lchaydi. Bu erda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa 
mualliflar sekin ishlash - qobiliyatsizlik belgisi emas deb, boshqacharok 
usullarni o‗ylab topganlar. Ko‗pchilik olimlar uchun, masalan, rus olimlari 
uchun qobiliyatni o‗lchashning ishonchli mezoni - bu shaxs yutuqlarini va uning 
qobiliyatidagi o‗zgarishlarni bevosita faoliyat jarayonida qayd etishdir. Rus 
olimi E.A. Klimov yoshlar iqtidorining yo‗nalishini aniqlash maqsadida faoliyat 
va kasb - xunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning 
«Professional - diagnostik so‗rovnoma» deb atadi. SHunday qilib, u barcha 
kasblarni ularning yo‗naltirilgan sohasiga ko‗ra 5 toifaga bo‗ldi:
P(T) - tabiat (usimlik, hayvonlar, mikroogranizmlar);
T - texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari) ;
CH(O)- odam (odamlar guruhi, jamoalar); 
Z (B)- belgilar (turli ma‘lumotlar, belgili simvollar); 
X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san‘at, musiqa). 
Barkamol shaxsni tarbiyalash jamiyatning ezgu maqsadi hisoblanib, u 
ma‘naviyatning uzviy bir qismi va taraqqiyotni ta‘minlovchi muhim omildir. 
Buning uzluksiz ta‘lim tizimi jarayonida amalga oshirilishiga shubha yo‗q. 
CHunki, uzluksiz ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning 
shakllanishi va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur shart-
sharoit yaratadi. Kasb-hunar kollejlari uzluksiz ta‘limning muhim bo‗g‗inidir.
Qishloq xo‗jalik kasb-hunar kollejlari boshqa sohalar uchun kichik 
mutaxassislar tayyorlaydigan kollejlardan o‗ziga xos jihatlari bilan farqlanadi. 
Bu eng avvalo, qishloq xo‗jaligining mavsumiyligiga bog‗liq bo‗lib, qishloq 


xo‗jalik kollejlarida tashkil etiladigan ta‘lim-tarbiyaviy ishlarda ularni hisobga 
olish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Biz hozirgacha kasb tanlashga yo‗llash ishlarini umumiy tarzda ko‗rib 
chiqdik. Lekin shuni ta‘kidlash kerakki, o‗quvchilarni qishloq xo‗jalik 
kasblariga yo‗naltirish o‗ziga xos xususiyatlariga ega. Biz shu bo‗limda qishloq 
xo‗jalik ishlab chiqarishining sanoatga nisbatan ajralib turuvchi xususiyatlari 
haqida ma‘lumot berishga harakat qilamiz. Bu xususiyatlar quyidagilardan 
iborat: 
1. Mashina texnikasi jonli tabiat bilan bevosita aloqada ishtirok etadi. 
2. Texnika muammolari, biologiya muammolari jonli tabiat haqidagi fan 
bilan qo‗shilib ketadi. 
3. Rang-barang tuproq iqlim omillariga agrotexnikadan foydalanishga 
differensial yondashishni talab etadi. 
4. Agregatlashgan mashinalar (qurollar) kompleksining o‗zgarib turishi, 
ishlarning mavsumiyligi mehnatni ustalik bilan tashkil etishni talab qiladi.
Qishloq maktablarining asosiy vazifalaridan biri o‗quvchilarni qishloq 
xo‗jalik kasblariga qiziqtirish va yo‗naltirishdan iboratdir. YAshash sharoiti va 
zamonaviy texnikalardan foydalangan holda qishloq maktablarining 
imkoniyatlari juda kattadir. Qishloq maktabi o‗quvchilarda qishloq xo‗jalik 
mehnatiga – paxtakor, g‗allakor va hokazo kasblarga qiziqish o‗yg‗otishga 
da‘vat etilgan.
Hozirgi zamondagi yuksak mexanizatsiyalashgan qishloq xo‗jaligi, qishloq 
maktablari va kasb –hunar kollejlaridagi mehnat va ishlab chiqarish ta‘limini 
rivojlantirish imkoniga ega bo‗lgan yagona baza bo‗lib xizmat qiladi. U 
o‗quvchilar va talabalarda qishloq xo‗jalik kasblarini egallashga qiziqish 
uyg‗otadi.
Yigit va qizlar qishloq xo‗jalik mehnati jarayonida qishloq xo‗jalik 
texnikasi va agrotexnika asoslarini bilib oladilar, umumiy mehnat malaka va 
ko‗nikmalarini egallaydilar. Qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishiga taalluqli 
yuqorida ta‘kidlangan xususiyatlar qishloq xo‗jalik maktablarida, kasb-hunar 


kollejlarida kasb tanlashga yo‗llash ishlarini olib borishda hisobga olinishi 
kerak. 
Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: oiladagi mehnatga 
hayotidagi avvalgi tajribalarning ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi; ota-onalarga ekin 
maydonlarida muntazam yordam berish; qishloq xo‗jaligida mehnat qilishga 
ancha oldindan odatlanish; ta‘lim vaqtlarida ekish mavsumida va hosilni yig‗ib 
olishda yordamlashish; qishloq xo‗jalik kasblarini egallashga intilish. 
O‗quvchilarda qishloq xo‗jalik mehnatiga qiziqishni aniqlash, 
rivojlantirish va mustahkamlash bo‗yicha qishloq maktablarining to‗plagan 
tajribasi shuni ko‗rsatadiki, bu ish o‗quvchilarga turli darajada ta‘sir etadigan 
kasb tanlashga yo‗llash va kasblar haqidagi tushuntirish ishlarini olib 
borishning rang-barang shakl va metodlaridan foydalanishni talab etadi. 
Demak, ishlab chiqarish ta‘limida vujudga kelgan tajriba o‗quvchilarning 
qo‗lidan keladigan qishloq xo‗jalik mehnatida ishtirok etishi, o‗quvchilarni 
ishlab chiqarish jamoalaridagi mehnatda tarbiyalash, qishloq xo‗jalik kasblarini 
ongli ravishda tanlashiga va ularni qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishiga tortishga 
qaratilgan. Qishloq xo‗jalik kasblariga yo‗naltirishda qishloq xo‗jalik texnikasini 
o‗rganish uchun sharoit yaratish zarurligi ko‗rsatilgan, mexanizatorlik kasbini 
egallashning asosiy yo‗nalishlari belgilab berilgan.
Qishloq maktablarida kasb tanlashga yo‗llash ishlari yangicha, sifatli 
mazmun kasb etmoqda va u respublikamiz qishloq xo‗jaligi rivojlanishiga katta 
hissa qo‗shadigan kasb egalarini tayyorlashga qaratilgan. Mexanizatorlik qishloq 
mehnatkashlarining asosiy kasbidir. Uning asoslarini egallash va traktorni 
o‗rganish qishloq xo‗jaligining barcha mutaxassislari uchun majburiy 
hisoblanadi. Bu tashabbus ayniqsa, qishloq aholisi ichida keng profilli 
xodimlarni tayyorlash uchun imkoniyatlar ochib beradi va bu xodimlarni ishlab 
chiqarishning har qanday uchastkasida ishlashiga imkoniyat yaratadi.
Qishloq 
xo‗jalik 
kasblariga 
yo‗naltirish 
o‗quvchilar 
o‗rtasida 
mexanizatorlik kasbiga qiziqtirish ishlarini olib borar ekanlar unga nomzodlarni 
tanlashda quyidagilarga amal qilishlari kerak: qishloq xo‗jalik texnikasiga 


barqaror qiziqish; ijodiy mehnat qilishga intilish; o‗smirlarning mashinalar, 
agregatlar, qurilmalarda mustaqil ishlash istagi, o‗zi harakat qiluvchi 
mashinalarni boshqarishga qiziqish; erga, jonajon o‗lkaga va qishloq mehnat 
ahliga hurmat.
Qishloq xo‗jalik kasblarini tashlashga yo‗llash ishlarida o‗quv-tajriba 
uchastkalari (dala, sabzavot, rezavor meva, issiqxonalar, kolleksiya) muhim rol 
o‗ynaydi. 
O‗quvchilar agrotexnika, chorvachilik asoslari, qishloq xo‗jalik mashinalari 
va mashina-traktor texnologiyasiga doir mashg‗ulotlarda nazariy ma‘lumotlarni
o‗zlashtiradilar, mexanizatorlik kasbini egallaydilar. O‗quvchilar qishloq 
xo‗jalik ishlab chiqarish moddiy boyliklarning ijodkorlari bo‗lgan mehnat 
ahlining o‗y va tashvishlariga kirib boradilar. 
Birgina traktorga doir mehnat politexnika amaliyoti bir qator ishchi 
kasblari bilan tanishtirish imkoniyatini beradi. Ular orasida traktorchi mashinist, 
paxta terish mashinalarining haydovchilari, sholi ekish va sholi yig‗ish texnikasi 
haydovchilari, mexaniklar, qishloq xo‗jalik texnikasini remont qiluvchi slesar, 
g‗alla yig‗uvchi kombayn haydovchisi, chorvachilik fermalari uskunalarini
ta‘mirlovchi va montaj qiluvchi slesar, haydovchi, chorvador-mexanizator va 
hokazolar.
Transport va texnologiya mashinalarini boshqarish va ishlatishni 
muvaffaqtyatli egallash yoshlarga xalq xo‗jaligining boshqa sohalari – sanoat 
korxonalari, qurilish, transportda, aloqa muassasalarida, yog‗och tayyorlash 
sanoatida, geologik razvedka, vodoprovod, magistral quvurlari qurilishida 
foydalaniladigan shunga o‗xshash texnikani uncha qiynalmasdan o‗rganib 
olishlariga imkon beradi. Qishloq xo‗jalik agregatlari haydovchilari uchun, 
mehnat faoliyatida mustaqillik va o‗z-o‗zini nazorat qilish elementlari 
tarbiyalanadi. Mashina – traktor agregatlarini ishga tushirish va sozlash, uning 
ishidagi kamchiliklarini aniqlash va yo‗qotish, mashinaga texnik xizmat 
ko‗rsatish o‗quvchilarning yangi kasb - qishloq xo‗jalik texnikasida sozlovchi 
master kasbi bilan tanishtirishlariga yordam beradi.


«CHorvachilik asoslari» ni amaliy o‗rganishda o‗quvchilarning ishlab 
chiqarish amaliyoti mazmuniga sigirlarni elektrotexnik tartibda sog‗ishga 
asoslangan sut sog‗adigan qurilmalarni ishga tayyorlash, sut sog‗uvchi 
apparatlarni ishlatish, bir sog‗im sutni hisoblash va uning yog‗lilik drajasini 
aniqlash, em-xashak tayyorlovchi va em-xashak beruvchi mashinalarni oddiy 
tuzatish hamda mexanizatsiyalashgan suv taqsimlovchi vositalar (nasos 
stansiyasi, suv quvuri, avtosug‗orish) ning texnik xizmati, binolar va o‗tloq 
maydonlardan go‗ngni yig‗ib olishga oid mexanizmlarni ishga tayyorlash va
boshqarish bilan bog‗liq bo‗lgan ishlab chiqarish topshiriqlari amalga oshiriladi.
Texnikaviy ijod o‗quvchilarning qishloq xo‗jalik kasblariga qiziqishini 
rivojlantirishga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. O‗quvchilarni faol texnika ijodkorligi 
ishlariga jalb qilish ularning qishloq xo‗jalik texnikasini ishlatish va 
ta‘mirlashda (dala ishlari jarayonida ham, xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash 
davrida ham) bevosita ishtirok etishni talab etadi.
O‗quvchi yoki talabalar bevosita amaliy ishlarga jalb qilinishi orqali 
qishloq xo‗jalik va iqtisodiy bilim asoslarini egallaydilar. O‗quvchilarning 
iqtisodiy bilimlarni o‗zlashtirib olishlari ularga ongli ravishda mehnat 
unumdorligini oshirish, qishloq xo‗jalik mahsulotlarining sifatini yaxshilash va 
uning tannarxini kamaytirish imkonini beradi. O‗rmon xo‗jaligi bilan 
shug‗ullanuvchi o‗quvchilar serunum mehnat qiladilar. O‗rmon ko‗chatlari 
ularning ixtiyorida bo‗lib, bunda ular yosh ko‗chatlarni ekish va parvarish 
qilishga doir barcha ish jarayonini bajaradilar.
Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan agrar sohaga, fermer xo‗jalik 
sohalariga shu bilan birga yoshlarni qishloq xo‗jalik kasblariga yo‗naltirishda 
mehnat ta‘limi uchun zarur bo‗lgan er, traktor, qishloq xo‗jalik mashinalari, 
ta‘mirlash ustaxonalari bilan ta‘minlamoqdalar, ularga zarur asbob-uskunalar va 
ko‗rsatma qurollari uchun mablag‗lar ajratmoqdalar.
O‗quvchi talabalarni ishlab chiqarish amaliyoti davrida ulardagi 
qiziqishlarni rivojlantirish va qishloq xo‗jaligining agronom, agronom-
sabzavotkor, agronom-bog‗bon, agronom-agroximik, zootexnik, injener-


mexanik kabi kasblarga doir kasbiy mahoratni egallashlari uchun yaxshi sharoit 
yaratib berilmoqda. O‗quvchilarning ongli ravishda kasb tanlashlariga yordam 
beradigan o‗quv amaliyotlarining samarali turlaridan biri o‗quvchilarning 
tajriba ishlari davridagi ishlab chiqarish faoliyatidir. O‗quvchilarda agronom, 
sabzavotkor, bog‗bon va boshqa kasblar mehnatiga qiziqish va ijodiy 
yondashishni tarkib toptirishda tajriba ishlari etakchi o‗rin egallaydi. 
Kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlashda o‗quv amaliyotining 
ahamiyati katta. CHunki, ularda tashkil etiladigan o‗quv amaliyotlari: 
laboratoriya amaliy mashg‗ulotlari; ishlab chiqarish ta‘limi; ishlab chiqarish 
amaliyoti shaklida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
O‗quv amaliyotini amalga oshirishda kollejlarning o‗quv xo‗jaliklari 
muhim ahamiyatga ega. Ularning asosiy vazifasi o‗quvchilarning nazariy 
bilimlarini mustahkamlash, xo‗jalikni maqbul yuritish, ishlab chiqarishni 
zamonaviy yangi texnika va texnologiyalar asosida joriy etish, bozor iqtisodiyoti 
talablariga mushtarak tadbirkorlik ishlarini amalga oshirish, shuningdek, o‗quv 
ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali o‗tkazish uchun zarur bo‗lgan barcha 
shart-sharoitlarni yaratish va eng muhim kasbiy ko‗nikma va malakalarni 
shakllantirishdan iborat. 
Mavjud o‗quv xo‗jaligidan foydalanish, undagi ishlarni tashkil etib 
o‗tkazish ham muhimdir. Fikrimizcha, kasb-hunar kollejlari o‗qituvchilarida 
kasbiy 
ish 
harakat 
usullarini 
maqbul 
shakllantirish 
shart-sharoitlari 
quyidagilardan iborat: nazariy bilimlarga tayanish; ajratilgan vaqtdan unumli 
foydalanish; aniq kasbiy ish harakat usullari nima maqsadda egallanishi 
zarurligini o‗quvchilar anglab etishi; bajarilayotgan mashqlarni muntazam 
bajarish va asta-sekin murakkablashib borishi; mashqlarning mustaqil bajarilishi 
va o‗zini o‗zi nazorat qilish imkoniyatining mavjudligi; mashqlarni bajarish 
uchun nazariy bilimlarga ega bo‗lib, puxta tayyorgarlik ko‗rish lozimligi; 
xatolarga yo‗l qo‗ymaslik, yo‗l qo‗yilgan hollarda ularni zudlik bilan bartaraf 
etish tadbirlarini ko‗rish. 


Kasbiy ko‗nikma va malakalarning o‗quvchilarda shakllanganligi 
mezonlari: texnik va texnologik, agrotexnik ish harakat usullari iqtisodiy hayot 
xavfsizligi qoidalariga amal qilib o‗z vaqtida sifatli bajarilishi; xatti-
harakatlarning bajarilishida mustaqillik, vaziyatni va shart-sharoitlarini hisobga 
olgan holda to‗g‗ri qaror qabul qilinganligi.
O‗quv xo‗jaliklariga ajratilgan er maydonlarining dastlabki paytlardagi 
unumdorligi, meliorativ holatini yaxshilash, yangi texnika, urug‗lik, yoqilg‗i 
moylash materiallari, ehtiyot qismlarini sotib olishda homiy va vasiy 
tashkilotlarning beg‗araz yordamlari hamda xalqimizda asrlardan beri 
qo‗llanilayotgan «hashar» tadbirlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. 
O‗quvchilar mutaxassis agronom va olimlar, ilmiy tekshirish muassasalarining 
topshiriqlari bo‗yicha katta ishlab chiqarish maydonlarida o‗tkaziladigan 
tajribalari muhim vazifalarni hal etishga qaratiladi va bu o‗quvchilarda qishloq 
xo‗jalik kasblariga bo‗lgan iziqishlarini rivojlantiradi.
Tajriba ishlari vazifasiga quyidagilar kiradi: 
a) Biologiya va qishloq xo‗jalik tajribalarini o‗tkazish orqali 
o‗quvchilarning bilim doirasini kengaytirish
b) ilmiy tekshirish ishlarini olib borishda ularni malakalar bilan 
qurollantirish; 
v) nazariy bilimlarni qishloqdagi fermer xo‗jaliklar amaliyoti bilan 
aloqasini amalga oshirish; 
g) qishloq xo‗jaligiga va qishloq xo‗jalik kasblariga muhabbat uyg‗otish. 
Tajriba ishlari ishlab chiqarish mehnati bilan qo‗shib olib borilganda 
o‗quvchilar o‗z mehnatlari samaralarini ko‗rganlarida ulardagi qishloq xo‗jaligi 
mehnatiga bo‗lgan kasbiy qiziqish faol rivojlanib boradi. Hatto eng oddiy 
qishloq xo‗jalik tajribalari ham o‗smirning ong-bilim darajasini boyitadi. 
O‗quvchilarning tadqiq qilinayotgan masalada sabab-oqibat bog‗lanishlarini 
ochib berishga yordam beradi, tanqidiy fikrlashga, to‗g‗ri xulosalar chiqarishga 
o‗rgatadi. Tekshirish va izlanishlar ishni qiziqarli qiladi va ma‘lum maqsadga 
qaratadi.


Xulosa qilib aytganda, yuqorida zikr etilganlar kasbiy tayyorgarlik tizimi 
hayotiyligini ta‘minlaydi, ya‘ni ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, 
psixologik-pedagogik qonunlarni hisobga olgan holda ta‘lim-tarbiya jarayonini 
tashkil etishga imkon beradi. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin