Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/77
tarix14.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#128139
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77
118049 (1)

 
Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar 
1. SHaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasini izohlang? 
2. Tug‗ma va orttirilgan qobiliyatlar haqida gapiring? 
3. Qobiliyatlarning psixologik strukturasini izohlang? 
4. 
O‗quvchilarda qishloq xo‗jalik mehnatiga qiziqishni aniqlash 
deganda nimani tushunasiz? 
5. 
Tajriba ishlari vazifasiga nimalar kiradi? 
6. 
Talant va uning belgilarini tasvirlang? 
NUTQ VA KASB 
Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari 
qayta quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, ravshan in‘ikos ettiriladigan 
bo‗ladi. Tilning paydo bo‗lish munosabati bilan har bir alohida shaxs 
jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida, jarayonida to‗plagan tajribalaridan 
foydalanish imkoniyati tug‗iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o‗zi 
hech qachon duch kelmagan, notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, 
sharoitlar yuzasidan bilim olishga erishadi. Xuddi shu boisda til odamga 
ko‗pchilik hissiy va intellektual ta‘sirlar hamda taassurotlar to‗g‗risida o‗ziga 
o‗zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa 
odamlarga o‗tmish, hozirgi zamon va kelajakka rid narsalar, voqelik 
yuzasidan axborot, xabar, ma‘lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati 
ko‗nikma hamda malakalarni o‗tkazishi, uzatishi mumkin.
Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilan 
bog‗liqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanadi. Til oddiy qilib 
tushuntirilganda so‗z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson 


tomonidan u yoki bu faoliyatning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari 
bilan bog‗liq bo‗lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining 
ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko‗cha qoidalari, 
matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika – sema-yunon. 
―belgi‖) belgilar, simvollar, alomatlar vazifasini bajarib, faoliyat uchun 
regulyator sifatida xizmat qiladi. 
Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik 
funksiyalari (ya‘ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda belgilar 
turli-tuman bo‗lishidan qat‘i nazar ularning eng muhimi – bu so‗zdir. Har bir 
so‗z ma‘lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o‗zida 
aks ettiradi (masalan: mashg‗ulot, daftar, yomg‗ir va boshqalar).
Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: 
a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, 
berish va o‗zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, 
o‗qituvchilar va murabbiylar); 
b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-
harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‗ladi (masalan: ―Leksiya 
bo‗lmaydi‖, ―Bugun bayram‖ – ta‘sir qilishdan, ta‘sir o‗tkazishdan iboratdir); 
v) tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi – intellektual faoliyatning 
quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, 
echishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish). 
Odam hayvonot olamidan farqli o‗laroq o‗zi xoh amaliy, xoh aqliy harakat 
bo‗lishidan qat‘i nazar uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish 
echimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini halqilishning 
asosiy quroli tildir. Psixologik tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, tilning eng asosiy 
funksiyasi – bu kommunikatsiyadir. 
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‗zlashtiri, 
avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o‗rnatish, o‗z shaxsiy 
harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish 
jarayonidir. 


Nutq axborot, xabar, ma‘lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni 
echish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo‗lsa, nutq esa 
aynan o‗sha jarayonining o‗zidir.
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari 
1. 
Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunlari asosida 
sodir bo‗lishi mumkin. chunki uni yuzaga keltiruvchi stimullar birinchi signallar 
tipidagi qo‗zg‗atuvchilardan iboratdir (masalan: ―Marsh‖, ―Salom‖). 
2. 
Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson ―signallarni - 
signali‖ (I.P.Pavlov) tarzdagi so‗zlardan foydalanishi mumkin. mazkur jarayon 
bosh miya katta yarim sharlarining po‗stida amalga oshadi. 
3. 
P.Broka (1861 y.) miya po‗stining ma‘lum qismi (miya chap yarim 
shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) 
shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyasiyasining buzilishini kasb etgan va ―so‗z 
obrazlarini harakatlantiruvchi markaz‖ deb atagan. 
4. 
K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining 
tepa tomonida ―so‗zlarning sensor obrazlari‖ joylashgan deb dalillashga harakat 
qiladi.
5. 
P.K.Anoxin – nutq jarayonini ta‘minlashda juda ham sodda 
elementar ―stimul-reaksiya‖ tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq 
faoliyatining yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishning 
ichlan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik 
tuzilishiga ega bo‗lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar. 
1. 
Nutq vujudga kelishining nazariyalari 
Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to‗plangan nazariy 
va amaliy materiallar tahliliga ko‗ra, akustik nutq signallari murakkab 
muvofiqlashgan harakatlarning natijasida namoyon bo‗luvchi majmuaviy 
holatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi. 
Odatda o‗pka va nafas olish tana a‘zolarning muskul harakatlari bosimning 
oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar 
qatnashishini uzluksiz ravishda ta‘minlab turadi. 


Nutqni vujudga keltiruvchi umumiy apparat sxemasi uchta jihatni o‗zida 
aks ettiradi. 
I. Nutqning anatomik tasviri: 
1. Ko‗krak qafasi. 
2. O‗pka. 
3. Traxeya. 
4. Ovoz paychalari (aloqalari). 
5. Tomoq trubkasi. 
6. Halqum bo‗shlig‗i. 
7. Tanglay pardasi. 
8. Og‗iz bo‗shlig‗i. 
9. Burun bo‗shlig‗i. 
II. Nutqning funksional elementlari: 
1. Nafas olish tomirlari, muskullarining kuchi. 
2. O‗pka sig‗imi. 
3. Traxeya harakati. 
4. Ovoz paychalari tebranishi yoki harakati. 
5. Tomoq trubkasining funksiyasi. 
6. Halqum bo‗shlig‗ining organik vazifasi. 
7. Tanglay pardasining holati (torayishi, kengayishi, shilimshiqligi). 
8. Og‗iz bo‗shlig‗i (uning tarkiblari, a‘zolari: tish, havo harakati, 
kuchaytirgich, susaytirgichlar va hokazo). 
9. Burun bo‗shlig‗i va uning tarkibiy a‘zolari (kataklari, tuklari, namligi, 
quruqligi). 
10. 
Og‗izdan nuri (yorug‗likni) kirib kelishi, ya‘ni nurlanishi. 
11. 
Burundan nurni kirib kelishi. 
12. 
Og‗iz va burundan havo oqimining kirishi. 
13. 
Ichki tana a‘zolaridan havo oqimining chiqib ketishi. 
Akustik tebranishning qo‗zg‗atuvchi mexanizmlari tomoq faoliyati
shovqin va impulsiv, ya‘ni ixtiyorsiz qo‗zg‗atish, tovushlarining paydo bo‗lishi, 


havo oqimining (massasining) tor oralig‗idan o‗tishi, nutq aktining ayrim 
o‗rinlari bilan uzviy aloqadordirlar. Akustika yunoncha ―acustika‖, ya‘ni 
eshituv, tovush nazariyasi demakdir. CHastotali filtratsiya akustika manbasi 
bo‗lib hisoblanadi. 
III. nutqning xususiyatlari. 
1. Matn – ma‘no – fikr bildirish. 
2. Ma‘lumot (xabar, axborot) bayoni. 
3. Og‗zaki nutqda axborotning muayyan darajada yo‗qolishi. 
IV. Nutqning fonetik elementi. 
V. Nutqni idrok qilish nazariyasi: 
1. SHkalalashtirish. 
2. Unitish. 
3. Halaqit beruvchi vaziyat va sharoitda idrok qilish: 
a) akustik, b) vizual, v) taktil... 
VI. Dinamik spektogramma: 
a) undosh, 
b) unli. 
VII. Nutq faoliyati: 
1. Anglash 
2. Anglash (tushunish) 
3. Qayd qilish (fiksatsiya): 
a) nazariy va amaliy axborotlar, 
b) takroriy fikrlar, 
v) diqqatni yo‗naltirish (soxta diqqat),
g) inson shaxsiyatini (shaxs, motiv, motivatsiya, emotsiya, hissiyot, iroda: 
emotsional-motivatsion, shaxsiy, irodaviy, kognitiv, regulyativ va boshqalar).
3. Nutq turlarining psixologik tavsifi 
Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga bag‗ishlangan bir talay 
ilmiy tadqiqot natijalari mavjud bo‗lsa-da, lekin bu borada umumiylik, tariflar 


birligi, uning evolyusion va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga oid qarashlarda 
mohiyat hamda shakl jihatdan o‗xshashlik yo‗q. Nutqning neyropsixologik 
asoslari, mexanizmlari, artikulyasion va fonetik apparatlari, psixolingvistik 
tuzilishi (fonema, fleksiya) to‗g‗risida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar 
hamda umumlashmalar umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan 
nutqning genezisi, uning filogenetik va ontogenetik xususiyatlari, paydo 
bo‗lishi, o‗sishi, o‗ziga xos tavsiflanishi, bosqichlari, fazalari, patologiyasi 
bo‗yicha xilma-xil yondashuvlar mavjuddir.
Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida o‗rganilishi ham 
o‗ziga xoslik, uning qirralari, hakliy tuzilishi, mantiqan izchilligi, tasniflanishi, 
mavjud bo‗lib, ilmiy talqinining tub mohiyati, bayoniyligi bilan o‗zaro 
tafovutlanadi. YOndashuvlar tahliliga to‗xtalishdan oldin, nutqning psixologik 
tavsiflari yuzasidan mulohaza yuritish, uning tatbiqiy jihati qiymatini oshirishga 
xizmat qiladi.
Bizningcha, nutqning muayyan asoslarga suyangan holda noan‘anaviy 
tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson – texnika munosabatini 
amaliy jihatdan namoyish qilgan bo‗ladi (odatda og‗zaki va yozma turkumga 
ajratilar edi): verbal va noverbal. 
Genetik kelib chiqish jihatidan noverbal nutq birlamchi hisoblanadi, chunki 
insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, so‗zsiz nutq 
turlarini paydo bo‗lgan bo‗lib, u o‗z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini 
qamrab olgandir. Insoniyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyasion 
apparati paydobo‗lgunga qadar, imo-ishora negiziga qurilgan. Ma‘lumki, 
qadimgi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida 
qanday funksiyani bajarayotgan bo‗lsa, o‗sha davrda ham xuddi shunday 
vazifani ijro etgan. U davrlarda axborotlar, ma‘lumotlar ko‗lami torbo‗lganligi 
tufayli insonlar noverbal nutqdan ko‗p davrlar muvaffaqiyatli foydalanib 
kelganlar. Avlodlar tarbiyasi ma‘lumotlar uzatish noverbal nutq orqali amalga 
oshirilgan, ijtimoiy va xususiy (shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu 
tariqa namoyon bo‗lgan, tobora takomillashib borgan.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin