Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/77
tarix14.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#128139
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
118049 (1)

Kasbga tegishli ma‟lumot - mehnat faoliyatining ma‘lum bir sohasi 
uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va odatlar tizimi.
Kasbga xos diqqat – ma‘lum bir kasbda ko‘p yil ishlash natijasida shu 
kasbning talablari va ob‘ektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat 
turi. 
Kasbga xos zararliklar - mehnat va ishlab chiqarish sharoitlarining odam 
organizmi hamda ish qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar yig‘indisi. 
Kasbga xos odatlar – ma‘lum bir kasb vakillari uchun tipik hisoblangan 
odatlar. 
Kasbda ishlashga to‟g‟ri tanlash- shaxsni muayyan kasbda ishlash 
uchun qabul qilishda uning shu kasbning ob‘ektiv xususiyatlariga to‘g‘ri 
keladigan jismoniy va psixik sifatlarini hisobga olish. 
Kasbiy malakalar - ishlab chiqarish faoliyatining ko‘p takrorlanishi 
natijasida avtomatlashgan xatti-harakatlar yig‘indisi.
Kasbiy xotira - bevosita o‘z kasbiga doir narsa va hodisalarni, fikr, 
hissiyot, harakatlarni esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat 
xotira turi. 


Kasbni tasvirlash - mehnat psixologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirish 
ishlarida muayyan kasbni texnologik va psixologik jihatidan tasvirlashdan iborat 
tekshirish metodi. 
Malakalarning ko‟chishi - muayyan faoliyat sohasida hosil qilingan 
malakalarning yangi malakalar hosil qilishga ijobiy ta'sir ko‘rsatishdan iborat 
qonuniyat. 
Malakalarning regressi – ma‘lum bir faoliyat sohasida hosil qilingan 
malakalarning biror sababga ko‘ra, ko‘p vaqt amalda ishlatilmaganligi natijasida 
asta-sekin so‘nishidan iborat qonun.
Malakalarning rivojlanishi - muayyan faoliyat sohasiga doir 
malakalarning kundalik amaliyotda ko‘p qo‘llanilishi natijasida tobora o‘sib, 
mukammalashib borishdan iborat qonuniyat. 
Matonatlilik - shaxsning muayyan maqsadni amalga oshirish yo‘lida 
uchraydigan har qanday ob‘ektiv hamda sub‘ektiv qiyinchiliklarga bardosh 
berib, ularni yengib chiqishdan iborat irodaviy xarakter xislati. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin