Osoyishta tip - nerv tizimining qo‘zg‘alish
va tormozlanish jarayonlari
teng hamda o‘rtacha kuchga ega bo‘lgan tipi.
Passivlik - atrofdagi narsa va hodisalarga, kishilarga nisbatan befarq
munosabatda bo‘lishdan va jismoniy yoki psixik faoliyatsizlikdan iborat holat.
Prinsipiallik - haqqoniylik va jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan o‘z
qarash hamda e‘tiqodlarini qat‘iy turib himoya qilishdan yoki so‘z bilan ishning
birligidan iborat ijobiy xarakter xislati.
Professiogramma - muayyan kasbdagi faoliyat uchun zarur bo‘lgan
psixologik xususiyatlar to‘plami.
Professiogrammani tajribada tekshirish - mehnat psixologiyasida
muayyan kasbga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni eksperimental
ravishda tekshirib ko‘rish.
Psixik charchash - psixik funksiyalarning haddan tashqari kuchli yoki
mutassil ishlashi natijasida ular ish qbiliyatining vaqincha qsman yo‘g‘ishidir.
Dostları ilə paylaş: