Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/77
tarix14.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#128139
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
118049 (1)

Tipologik yo„nalish vakillari kasbiy faoliyatni tipologiyalashtirishga 
e‘tibor qaratadilar (E.SHpranger, D.Xolland). Xolland o‗z tipologiyasida 
shaxsning kompleks mo‗ljal olishga yo‗naltirilgan bir qator tiplarini ajratishga 
erishdi: 1. Realistik orientatsiya; 2.Intellektual orientatsiya; 3) Ijtimoiy 
orientatsiya; 4) Konvensional orientatsiya; 5) Tadbirkorlik orientatsiyasi .
Professiografiya. Insonga quyiladigan talablar nuqtai-nazaridan kasblar va 
uning o‗z ichiga olgan ixtisosliklarini umumlashtirib tavsiflanishi 
professiografiya 
deyiladi.
Professiografiya natijasi professiogramma bo‗lib, bir kasb doirasidagi 
ixtisoslarning insonga, odamlar guruhiga quyishi mumkin bo‗lgan talablar 
asosida tuzilgan umumlashtirilgan tavsifnomalardir.
Professiogrammaning bir qismini psixologik professiogramma, qolgan bir 
qismini – inson psixikasiga quyiladigan talablar, ya‘ni kasb qobiliyatlari ro‗yxat 
tashkil qiladi. Professiografiya kasblar klassifikatsiyasini ham o‗z ichiga oladi, 
bu turli mezonlari bilan ifodalanadi: texnologik, gigienik, psixologik va 
boshqalar. Har qanday kasbni o‘rganish va tavsiflash har doim ma‘lum 
maqsadni ko‗zlaydi va shu maqsadga bo‘ysunanadi.
Professiogrammalar quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan xillarda 
bo‗lishi mumkin: kadrlar tayyorgarligini asoslashga, gigienik sharoitlarni 
hisobga olish va uni sog‘lomlashtirishga; kasb tanlashni asoslashga; kasbiy 
maslahat va kasbiy tanlovni asoslashga; mehnatga baho berish normativlarini, 
mehnat xavfsizligi saviyasini kutarish va boshqalar. 


 Kasb tanlashga yo‗llash va kasb maslahatlarini uyushtirish. Kasb tanlashga 
yo‗llash eng avvalo odam imkoniyatlari va u yashayotgan muhitning bir qancha 
sharoitlarini o‘rganishdan boshlanadi. Bularni umumlashtirib mehnat 
ekspertizasi deb aytiladi.
Mehnat ekspertizasi – bu odamning konkret kasb bo‘yicha mehnatga 
yaroqliligini 
ma‘lum 
mutaxassislar 
tomonidan 
aniqlanishidir.
Odamning u yoki bu mehnat turiga yaroqliligi quyidagilarga bog‗liq bo‗lishi 
mumkin: yoshiga; tegishli bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‗lishga; mazkur 
kasb buyicha ishlashga qiziqish va iste‘dodi mavjud bo‗lishiga. Bundan tashqari 
yashayotgan sotsial muhit va jinsiga ham bog‗liq bo‗lishi mumkin.
Mehnat ekspertizasi tashkiliy shakllaridan qat‘iy nazar quyidagi umumiy 
masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanadi:
Odam ma‘lum ishni boshlab keta oladimi?
Tegishli lavozimda ishni davom ettira oladimi?
Odamdan qaysi soha yoki vazifada foydalanish ma‘qul? 
Baxtsiz hodisa yuz berganda, bunga odam qay darajada aloqador, ishga 
qabul qilingan, tayinlanganlar –chi? 
Psixodiagnostika ma‘lumotlari asosida prognostik psixologik mehnat 
ekspertizasi kishining kelgusi mehnat faoliyatini belgilashga yordamlashadi.
u talablarni har bir pedagog va ota–onalarning bilishi va amal qilishi. Ayniqsa 
bolaning 9–sinfni tugatish va xayot yo‘lini belgilab olishi davrida juda 
muhimdir.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin