Kavzometriya - YE.I.Golovaxa va A.A.Kromiklar tomonidan taklif
etilgan usul bo‘lib, u shaxsning psixologik vaqti va hayotiy sub‘ektiv holatlarini
tahlilini tadqiq etish metodi hisoblanadi. Bu intervyu quyidagi jihatlarni o‘z
ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim voqealar ro‘yxatini tuzish, voqealarni
keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va boshqalardir. Intervyu natijalari
kavzometriya shaklida tasvirlanadi. Kavzometriya kasbiy muammo va
inqirozlarni yechish uchun qo‘llaniladi. Psixobiografiya -shaxslarning hayot
yo‘lini psixologik o‘rganish metodi hisoblanadi. Avval psixobiografiya
siyosatchilarining
obro‘-e‘tiborini,
kishilarning
individual
kasbiy
biografiyalarini o‘rganish maqsadida qo‘llanilgan. Kasb psixologiyada
psixobiografiyani qo‘llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo
bo‘lishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma‘lumotlarni olish
imkonini beradi. Anamnez metod - bu insoning mehnat sub‘ekti sifatida
rivojlanish tarixi haqidagi ma‘lumotlarni yig‘adi. Bu usul YE.A.Klimov
tomonidan batafsil ko‘rib chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini
o‘rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obro‘-e‘tibor
qozonishni oldindan tashxis qilishda qo‘llaniladi. Anamneztik tadqiqot o‘z
ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodiga qo‘yiladigan talablar bu
usulga ham tadbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: