D. Anglanganlik qonuni. Idrok qilayotgan shaxs uchun figuraning
anglanganlgi, uning zarurati va ma‘nosi katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Agar biz
kuzatayotgan predmet, eshitayotgan nutq yoki his qilayotgan narsamiz ma‘nosiz,
tushunarsiz, noaniq bo‗lsa, biz juda tez charchaymiz va toliqamiz. Masalan,
xitoy tilini bilmaydigan odam shu tilda so‗zlashuvchilar orasiga tushib qolsa,
psixologik jihatdan juda qiynaladi. YA‘ni, bizga barcha narsalarda biror ma’no
va mazmun kerak. Odam odatda tushunadigan narsasinigina idrok qiladi.
Hattoki, ma‘ruzachining bugun tushuntirayotgan ma‘ruzasidagi faktlar sizning
tushunchalaringiz va bilim doirangizdan uzoq bo‗lsa, professorga qarab o‗tirgan
bo‗lsangiz ham uning gaplari qulog‗ingizga kirmaydi. SHunday paytlarda
«Nima deyapti o‗zi?» deb qo‗shnimizdan so‗rab qo‗yamiz ham, zero ma‘ruzasi
o‗sha biz uchun qadrdon bo‗lgan o‗zbek tilida gapirayotgan bo‗lsa ham. Sinab
ko‗rish uchun o‗rtog‗ingizga bir nechta so‗zlardan iborat qatorni bering. Ular
orasida mazmunan bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan so‗zlar, hattoki ma‘nosiz
(teskarisiga yozilgan so‗zlar) bo‗lsin. Oraga 2-4 ta tanish o‗zbek tilidagi
so‗zlardan aralashtiring. Bir daqiqa mobaynida qarab, eslab qolganini
qaytarishni so‗rasangiz, o‗sha 2-4 ta so‗zlardan boshqalarni deyarli
«ko‗rmaganining» guvohi bo‗lasiz.
E. Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish. Biz idrok jarayonida
ilgarigi tajribaga tayanganimiz bilan ko‗pincha adashamiz, ba‘zan esa o‗zimiz
uchun yangiliklar ochib, tajribani yanada boyitamiz. Ilgarigi tajriba va kelajakni
bashorat qilish insonga xos xususiyat bo‗lib, bizning sezgi organlarimiz orqali
keladigan ma‘lumotlarning ko‗lami va imkoniyatlarini yanada oshiradi. SHu
nuqtai nazardan olib qaralganda, idrok - tashqi muhit to‘g‘risidagi
taxminlarimizni isbot qilishga qaratilgan faol jarayondir. Biz bevosita
idrokimiz «tagiga etolmayotgan», «tushunmayotgan» narsalarni bevosita his
qilgimiz, qo‗limiz bilan ushlab ko‗rgimiz, ular bilan ishlagimiz keladi. YA‘ni,
idrok qilinayotgan narsada noaniqlik, sir paydo bo‗lsa, biz «Bu nima bo‗ldi?»
degan savol asosida taxmin qila boshlaymiz va uni tekshirish uchun harakat
qilamiz. Aynan harakatlar, amaliy ishlar idrokimiz imkoniyatlari va chegaralari
kengaytiradi va anglashga yordam beradi.
Qishloq
xo‗jalik
kasblariga
yo‗naltirish
o‗quvchilar
o‗rtasida
mexanizatorlik kasbiga qiziqtirish ishlarini olib borar ekanlar unga nomzodlarni
tanlashda quyidagilarga amal qilishlari kerak: qishloq xo‗jalik texnikasiga
barqaror qiziqish; ijodiy mehnat qilishga intilish; o‗smirlarning mashinalar,
agregatlar, qurilmalarda mustaqil ishlash istagi, o‗zi harakat qiluvchi
mashinalarni boshqarishga qiziqish; erga, jonajon o‗lkaga va qishloq mehnat
ahliga hurmat.
Qishloq xo‗jalik kasblarini tashlashga yo‗llash ishlarida o‗quv-tajriba
uchastkalari (dala, sabzavot, rezavor meva, issiqxonalar, kolleksiya) muhim rol
o‗ynaydi.
O‗quvchilar agrotexnika, chorvachilik asoslari, qishloq xo‗jalik mashinalari
va mashina-traktor texnologiyasiga doir mashg‗ulotlarda nazariy ma‘lumotlarni
o‗zlashtiradilar, mexanizatorlik kasbini egallaydilar. O‗quvchilar qishloq
xo‗jalik ishlab chiqarish moddiy boyliklarning ijodkorlari bo‗lgan mehnat
ahlining o‗y va tashvishlariga kirib boradilar.
Birgina traktorga doir mehnat politexnika amaliyoti bir qator ishchi
kasblari bilan tanishtirish imkoniyatini beradi. Ular orasida traktorchi mashinist,
paxta terish mashinalarining haydovchilari, sholi ekish va sholi yig‗ish texnikasi
haydovchilari, mexaniklar, qishloq xo‗jalik texnikasini remont qiluvchi slesar,
g‗alla yig‗uvchi kombayn haydovchisi, chorvachilik fermalari uskunalarini
ta‘mirlovchi va montaj qiluvchi slesar, haydovchi, chorvador-mexanizator va
hokazolar.
Transport va texnologiya mashinalarini boshqarish va ishlatishni
muvaffaqtyatli egallash yoshlarga xalq xo‗jaligining boshqa sohalari – sanoat
korxonalari, qurilish, transportda, aloqa muassasalarida, yog‗och tayyorlash
sanoatida, geologik razvedka, vodoprovod, magistral quvurlari qurilishida
foydalaniladigan shunga o‗xshash texnikani uncha qiynalmasdan o‗rganib
olishlariga imkon beradi. Qishloq xo‗jalik agregatlari haydovchilari uchun,
mehnat faoliyatida mustaqillik va o‗z-o‗zini nazorat qilish elementlari
tarbiyalanadi. Mashina – traktor agregatlarini ishga tushirish va sozlash, uning
ishidagi kamchiliklarini aniqlash va yo‗qotish, mashinaga texnik xizmat
ko‗rsatish o‗quvchilarning yangi kasb - qishloq xo‗jalik texnikasida sozlovchi
master kasbi bilan tanishtirishlariga yordam beradi.
«CHorvachilik asoslari» ni amaliy o‗rganishda o‗quvchilarning ishlab
chiqarish amaliyoti mazmuniga sigirlarni elektrotexnik tartibda sog‗ishga
asoslangan sut sog‗adigan qurilmalarni ishga tayyorlash, sut sog‗uvchi
apparatlarni ishlatish, bir sog‗im sutni hisoblash va uning yog‗lilik drajasini
aniqlash, em-xashak tayyorlovchi va em-xashak beruvchi mashinalarni oddiy
tuzatish hamda mexanizatsiyalashgan suv taqsimlovchi vositalar (nasos
stansiyasi, suv quvuri, avtosug‗orish) ning texnik xizmati, binolar va o‗tloq
maydonlardan go‗ngni yig‗ib olishga oid mexanizmlarni ishga tayyorlash va
boshqarish bilan bog‗liq bo‗lgan ishlab chiqarish topshiriqlari amalga oshiriladi.
Texnikaviy ijod o‗quvchilarning qishloq xo‗jalik kasblariga qiziqishini
rivojlantirishga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. O‗quvchilarni faol texnika ijodkorligi
ishlariga jalb qilish ularning qishloq xo‗jalik texnikasini ishlatish va
ta‘mirlashda (dala ishlari jarayonida ham, xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash
davrida ham) bevosita ishtirok etishni talab etadi.
O‗quvchi yoki talabalar bevosita amaliy ishlarga jalb qilinishi orqali
qishloq xo‗jalik va iqtisodiy bilim asoslarini egallaydilar. O‗quvchilarning
iqtisodiy bilimlarni o‗zlashtirib olishlari ularga ongli ravishda mehnat
unumdorligini oshirish, qishloq xo‗jalik mahsulotlarining sifatini yaxshilash va
uning tannarxini kamaytirish imkonini beradi. O‗rmon xo‗jaligi bilan
shug‗ullanuvchi o‗quvchilar serunum mehnat qiladilar. O‗rmon ko‗chatlari
ularning ixtiyorida bo‗lib, bunda ular yosh ko‗chatlarni ekish va parvarish
qilishga doir barcha ish jarayonini bajaradilar.
Dostları ilə paylaş: |