So„z boshi
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997
yil IX-sessiyasida qabul
qilingan «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dan
kelib chiqgan holda, shaxsni barkamol inson qilib tayyorlashda,
tarbiyalashda
barcha o‗quv fanlari singari kasbiy psixologiya fanining ham o‗rni beqiyosdir.
Xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashda bu o‗quv
predmetining o‗rni muhimligi keyingi paytlarda yaqqol sezilmoqda. Ishlab
chiqarishning jumladan, qishloq xo‗jaligining
turli jabhalarida faoliyat
ko‗rsatayotgan mutaxassislar, insonlar o‗rtasidagi shaxslararo munosabatlarni va
mehnat samaradorligini oshirishda, bo‗lg‗usi mutaxassisning psixologiyaga oid
bilimlarni mukammal o‗rganishlari kun talabiga aylanmoqda.
Kasbiy psixologiya fanini o‗rganish davomida mutaxassislar mehnat
jamoalarida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga kirishishning
psixologik mexanizmlarini anglash bilan birga
umuman olganda shaxslararo
munosabatlarning muammolari, mehnat jamoalarida muomala,
psixologiyaning
umumiy qonuniyatlari va uslublarini ham keng o‗rganishga erishadilar.
Kasbiy psixologiya fani o‘quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan
qurollantirish hamda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishi lozim.
Buning uchun kasblarga doir qo‘llanmalar, tarqatma materallar bilan ta'minlash
lozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik,
ziddiyat, to‘siqlarni oldini olgan holda o‘quvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga
yo‘llash imkoniga ega.
Shuningdek qo‗llanmada oila, ishlab chiqarish jarayonidagi nizolarning
yuzaga
kelish sabablari, ularni bartaraf etishning psixologik yo‗llari, kadrlar
tayyorlash va ularning qo‗nimsizligini oldini olishning psixologik vosita va
usullari haqida psixologik bilimlarga ham ega bo‗lishadi.
O‗quv qo‗llanma agrar universiteti kasbiy ta‘lim yo‗nalish talabalarining 1-
kurs talabalariga mo‗ljallangan bo‗lib, unda kasbiy psixologiyaga oid bilimlarni
o‗zlashtirishga qaratilgandir.
Kasbiy psixologiya fani talabalar 1-kursda o‗rganadigan
fanlardan biri
bo‗lganligi va talabalar kasbiy psixologik bilimlarni o‗zlashtirishda bir qadar
qiyinchilik tug‗diradi. Birinchidan talabalar qator ilmiy notanish terminlarga
duch keladilar, ikkinchidan talabalar ilmiy adabiyot ustida ishlash metodikasini
yaxshi bilmaydilar. Shu sababli kasbiy psixologiyani o‗qitish
jarayonida
talabalarga aqliy mehnat metodlari va usullarini o‗rgatib borishga to‗g‗ri keladi.
Uchinchidan, kechagi maktab o‗quvchisi, ishchi, rassom, hunarmand, fermer va
birinchi kursda talaba sifatida kamol topa boradi. O‗qituvchi talabalarda o‗qitish
jarayonini shakllantirish bilan birga ularning o‗z-o‗zini tarbiyalashiga imkon
yaratishi lozim.
Modomiki shunday ekan, fanni o‗qitish jarayonida talabalar oldiga tarbiya
va o‗z-o‗zini tarbiyalash vazifalarini qo‗yish bilan birga bu vazifalarni hal qilish,
ya‘ni talabalarning mustaqil ishlashini yo‗lga qo‗yishda
ularga yordam berish,
bilimlarni o‗zlashtirish metodikasini, o‗z-o‗zini tarbiyalash metodikasini
o‗rgatish kerak.
Dostları ilə paylaş: