Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar
1.
Tafakkur va kasbni egallash deganda nima tushiniladi?
2.
Tafakkur turlarini gapiring?
3.
Tafakkur operatsiyalarini sanang?
4.
Reproduktiv
tafakkur nima?
5.
Mantiqiy tafakkur nima?
6.
Intiusiyani izohlang?
SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY SOXASI VA KASBGA
MOSLASHISH
Hissiyot bamisoli insonning kiyimidir. Insonning hissiyotiga ko‗ra,
uning holati haqida fikr yuritish mumkin.
His-tuyg‗ular – kishining o‗z hayotida nimalar yuz berayotganiga,
nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‗ul bo‗layotganiga nisbatan
o‗zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg‗ularning
kechishi sub‘ekt alohida his etayotgan ruhiy holat sifatida gavdalanadi.
Bunda
biron-bir narsani idrok etish va tushunib etish, biror narsa to‗g‗risida bilib olish
idrok etilayotgan,
tushunib olinayotgan, ma‘lum yoki noma‘lum narsalarga
nisbatan shaxsiy munosabati bilan birgalikda ro‗y beradi.
SHu hollarning
barchasida his-tuyg‗ularning boshdan kechirilishi xususida,
kishining alohida
hissiy holati xususida so‗z yuritiladi.
His-tuyg‗uni boshdan kechirishning turli shakllari: emotsiya-hissiyot,
affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress holati) kiradi. Emotsiyalar – ruhiy
hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma‘noni anglatadi (qo‗rquvdan titrash
va h.k.). kishini tez chulg‗ab oladigan va shiddat bilan o‗tib ketadigan jarayonlar
affektlar (hissiy portlashlar) deb ataladi. Ular
ongning anchagina darajada
o‗zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o‗z-
o‗zini idrok qila olmasligi bilan ajralib turadi.
Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy
hayajonlanishni ifoda etsa, u holda affekt
bo‗rondir. Kuchli zo‗riqish (ko‗z yosh to‗kish, kulish) natijasida mayda sa‘i-
harakatlar barbod bo‗ladi. Induktiv tormozlanish yarim sharlar qobig‗ini tobora
ko‗proq
darajada egallay boshlaydi, bu tafakkurning izdan chiqishiga olib
keladi, qobiq osti yo‗llarida qo‗zg‗alish kuchaya boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: