o‗ziga xos maxsus qobiliyatlar bo‗lmasa bo‗lmaydi.
Umumiy qobiliyatlarni maxsus qobiliyatlarga zid tarzda talqin qilish
mumkin emas. SHaxsning umumiy qobiliyatlari ularni hosil qiluvchi omillar
yaqqol psixologik hodisa yoki voqelikdir. Maxsus qobiliyatlar ko‗lam jihatdan
torroq bo‗lishiga qaramay, chuqurroq mohiyatni o‗zlarida mujassamlashtiradi.
I.P.Pavlov o‗z ta‘limotida ―badiiy‖, ―fikrlovchi‖, ―o‗rta‖ tiplarga ajratilgan
shaxslarning tavsifini beradi .
―Badiiy tip‖ uchun bevosita taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin
idrok va emotsiyalar natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi hos.
―Fikrlovchilar‖ uchun
esa mavhum mantiqiy, nazariy,
metodologik mulohazalarning ustunligi xos.
―O‗rta‖ tipdagilarda esa har ikkala toifa xususiyatlarining xos
ekanligi ko‗rinadi.
Har bir qobiliyat o‗zining tizimiga ega. Masalan, matematik qobiliyatni
oladigan bo‗lsak, uning tarkibiga umumlashtirish malakalari, aqliy
jarayonlarning egiluvchanligi, mavxum tafakkur qila olish kabi qator
xususiyatlar kiradi. Adabiy qobiliyatlarga ulardan farqli, ijodiy hayol va
tafakkur, xotiradagi yorqin va ko‗rgazmali obrazlar, estetik hislar, tilni
mukammal bilishga layoqat; pedagogik qobiliyatlarga esa - pedagogik odob,
kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, bilimlarni o‗zgalarga berishga ehtiyoj kabi
qator individual xossalar kiradi. Xuddi shunga o‗xshash qolgan barcha
qobiliyatlarni ham zarur sifatlar tizimida tahlil qilish mumkin va bu katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: