uchun mo‗‗tabar manba. Ammo bu ma‘lumotlarni quyidagi umumiy qoidalarga
rioya qilib yozib olish kerak: a) eng muhim, yakun ma‘lumotlarni yozib olish,
shu bilan birga kontekstda olib ko‗rsatish kerak: b) butun-butun jumlalarni yoki
abzatslarni yozib olish; v) sitatalarni qo‗shtirnoqqa olish, yoniga chizma
qo‗yish; g) ularning manbalarini ko‗rsatish (umumiy
manba avval boshda
ko‗rsatilgan bo‗lsa, faqat sahifasi yoziladi). Sitatada avtorning uslubi,
punktuatsiyasi va shrift ajratmalari saqlanadi.
Tezis tuzish (grekcha ―tezo‖-―tasdiqlayman‖ so‗zidan olingan). Murakkab
tezislarda nimaning tasdiqlanishigina emas, uning
nima bilantasdiqlanishi
hamisbot etiladi. Tezislar da‘vo yoki inkorning mavhum qat‘iy ifodalarida
ta‘riflab beriladi. Tezislar munozara uchun asos sifatida ilgari suriladi. Har bir
tezisda bitta asossiy fikr bo‗ladi.
Reja tuzish. Asarning oddiy yoki murakkab rejasi shundan iboratki, matn
mantiqiy jihatdan bo‗lgan ayrim qismlarga – sarlovhalarga bo‗linadi, matnning
har bir qismi nimadan bahs etishini sarlovhalar qisqacha va aniq ta‘riflab beradi.
Kitobning b, bo‗limning mundarijasi va shu kabilar rejaga asos bo‗lib xizmat
qila oladi. Rejada sarlavhalar savol shaklida ko‗rsatilishi yoki nima to‗g‗risida
gap ketayotgani ko‗rsatiladi. Rejaning
tuzilishi- asarning tuzilishi; predmet
rejasi yoki mantiqiy reja- masalalarning tematik yoki yig‗indi reja (bir necha
asarni o‗rganish asosida tuziladi), konspekt reja farqlanadi. Allaqachon o‗qilgan
manbaning rejasini ko‗zdan kechirish esdan chiqib qolganday ko‗rinadigan
narsani xotiraga keltirishga yordam beradi.
Konspekt tuzish (latincha ―konspektus‖- ―obzor‖ so‗zidan olingan).
O‗rganilayotgan manbaning rejasiga qarab uning ideyasi
va asoslash jarayoni
yozib olinadi, ya‘ni sarlavhalar, sarlavha ostidagi sarlavhachalar, tezislar,
sitatalar, qo‗shimcha ma‘lumot
va belgilar, xulosalardan foydalanib, o‗qilgan
narsaning mohiyatini bir-biriga bog‗lab, ammo bo‗lib-bo‗lib bayon qilish zarur.
Konspektda faktlar ham, sxemalar ham, chizmalar ham, ro‗yxatlar ham, boshqa
materiallar ham bo‗lishi mumkin. Konspektning titul varag‗ida manbaning
oxirgi qismidagi ma‘lumotlar, konspekt tuzishning boshlangan va tamomlangan
sanalari yozilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: