Kasbni tasvirlash - mehnat psixologiyasi
sohasidagi ilmiy tekshirish
ishlarida muayyan kasbni texnologik va psixologik jihatidan tasvirlashdan iborat
tekshirish metodi.
Malakalarning ko‟chishi - muayyan faoliyat
sohasida hosil qilingan
malakalarning yangi malakalar hosil qilishga ijobiy ta'sir ko‘rsatishdan iborat
qonuniyat.
Malakalarning regressi – ma‘lum bir faoliyat sohasida hosil qilingan
malakalarning biror sababga ko‘ra, ko‘p vaqt amalda ishlatilmaganligi natijasida
asta-sekin so‘nishidan iborat qonun.
Malakalarning rivojlanishi - muayyan
faoliyat sohasiga doir
malakalarning kundalik amaliyotda ko‘p qo‘llanilishi natijasida tobora o‘sib,
mukammalashib borishdan iborat qonuniyat.
Matonatlilik - shaxsning muayyan maqsadni amalga oshirish yo‘lida
uchraydigan har qanday ob‘ektiv hamda sub‘ektiv qiyinchiliklarga bardosh
berib, ularni yengib chiqishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Dostları ilə paylaş: