Motiv - odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab.
Motivasiya - shaxsning nima uchun ma‘lum vaqtda boshqa fikr va
harakatlarni emas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga
qaror qilganligini
asoslab berishi, tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operasiya.
Motivlar kurashi - shaxsning oldida bir emas bir qancha maqsadlar
mavjud bo‘lgan taqdirda ulardan eng muhimini tanlab olish jarayonida ro‘y
beradigan ikkilanishdan iborat holat.
Mustaqillik - shaxsning muayyan aqliy, axloqiy yoki amaliy masalalarni
hal
qilishida, ayniqsa, murakkab vaziyatni baholash va maqsadga muvofiq
yo‘lni tanlashda o‘zining
mustaqil fikrlari, tamoyillari hamda e‘tiqodiga ega
bo‘lishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Mutaxassis - shaxsning muayyan kasbga nisbatan yaroqlilik darajasi,
tayyorgarlik
saviyasi, muayyan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlay olish
uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi.
Dostları ilə paylaş: