Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Differensial - diagnostik yo„nalish



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/77
tarix14.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#128139
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
118049 (1)

Differensial - diagnostik yo„nalish bo‗yicha izlanishlarda shaxsning 
kasbiy faoliyat samaradorligini ta‘minlash omillariga, kasbga ta‘sir ko‗rsatuvchi 


individual psixologik xususiyatlarga va kasbga qo‗yilgan talablarga asosiy 
e‘tibor qaratiladi. SHuningdek, unda kasb tanlashning asosini ratsional va ongli 
faoliyat tashkil etish to‗g‗risidagi qarashlar o‗z aksini topgan (F.Parkinson). Bu 
yo‗nalishda kasbiy rivojlanishga psixotexnik yondashuvni tadbiq etilganligi 
diqqatga sazovordir (G.Myunstenbergning, fikricha, individual sifatlar oddiy 
ijrochilik operatsiyalarning yig‗indisi hisoblanadi). Leypsig maktabi psixologlari 
kasbiy ta‘lim uchun eng muhimi individual sifatlarni tarbiyalashdir, degan 
g‗oyani ilgari surishdi.
Psixoanalitik yo„nalish vakillari kasbiy rivojlanishning psixodinamik 
jihatlarini tahlil qilish bilan shug‗ullandilar. Ular kasb tanlash va kasbiy 
rivojlanish asosida tabiiy ehtiyojlardan tortib kompleks psixodinamik 
mexanizmlar va shaxs tuzilish instansiyalarigacha bo‗lgan turli xil ehtiyojlar 
yotadi, degan g‗oya bilan chiqdilar (U.Mozer, L.Zondi, E.Bordin, E.Rou ). 
Qaror qabul qilish nazariyasi vakillari kasb tanlash jarayonini o‗rganish 
uchun yo‗nalganlik ustanovkalarini tadqiq etishga e‘tibor qaratdilar. Ularning 
qarashlariga ko‗ra, har qanday kasbni tanlash kasbiy alternativa va qaror qabul 
qilishga yo‗naltirilgan tizimdan iborat (X.Tome, G.Ris, P.Siller, D.Tideman, 
O'Xar). Bu g‗oya vakillari kasb tanlashning sabablari sifatida tanlangan 
kasbning e‘tiborliligi, kasbiy malakalarni talab qilish darajasi, shaxsning kasbga 
da‘vogarlik darajasi, kasbiy ustanovlarning realligini e‘tirof etishadi.
Taraqqiyot nazariyasi yo‗nalishi vakillari rivojlanish nazariyasiga 
asoslanib ish tutishgan. Bu yo‗nalishning izlanishlari akademik psixologik 
xarakterga ega bo‗lib, ilk izlanishlar o‗spirinlarni kasb izlashi bilan bog‗liq 
xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi. Ushbu yo‗nalish vakillaridan 
D.Syuper, SH.Byuler va E.Ginsbergning ilk ishlariga tayanib, kasbiy rivojlanish 
bir nechta bosqichlarga ajratiladi: 
1) vujudga kelish bosqichi (tug‗ilgandan to 14 yoshgacha), kasbiy 
fantaziyalarga tayanib kasb tanlanadi;


2) tadqiq etish bosqichi (15-24 yosh), shaxs o‗zining imkoniyatlariga mos 
kasbni tanlashni niyat qiladi;
3) konsolidatsiya bosqichi (25-44 yosh), barqaror shaxsiy pozitsiyaga mos 
kasbiy faoliyat maydoni o‗rnatiladi;
4) saqlash bosqichi (45-64 yosh). Bu davrda shaxsning kasbiy faoliyati 
hech qayoqqa og‗masdan aniqlangan kasbiy faoliyat maydoni bo‗yicha kechadi;
5) pasayish bosqichi (65 yosh). Bu bosqichda yangi kasbiy faoliyat roli 
paydo bo‗lib, boshqalarning kasbiy faoliyatini kuzatish etakchi o‗ringa chiqadi . 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin